“Biz ma’naviyatdan uyalmasligimiz kerak!” – Adiblar xiyobonida “Ma’naviyat marafoni” boshlandi


Saqlash
14:11 / 10.11.2023 578 0

Bugun, 10-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari dasturiga muvofiq “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida “Ma’naviyat marafoni” o‘tkazilmoqda.

 

Yoshlarimiz o‘rtasida milliy yuksalishga chorlovchi milliy g‘ururni shakllantirish, vatanparvarlik tuyg‘usini yanada kuchaytirish, milliy urf-odatlarimiz, an’ana va qadriyatlarimizni singdirish, bolalar va yoshlar o‘rtasida sog‘lom ma’naviy muhitni yaratish, hayotiy tajriba va ko‘nikmalari yuqori bo‘lgan keksa-nuroniylarimizni kelgusi avlod tarbiyasiga keng jalb qilish, oilalarni mustahkamlash, Ona Vatanimiz taraqqiyotida aholining, ayniqsa, yoshlarning daxldorlik hissini kuchaytirishga qaratilgan bu marafon Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda yurtimizdagi barcha vazirlik va idoralar, davlat va nodavlat tashkilotlari, mahallalar bilan hamkorlikda tashkil etildi.

 

Marafonning ochilish marosimi Adiblar xiyobonida bo‘lib o‘tdi. Dastlab buyuk mutafakkir Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yildi. Marafon ochilishida so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi, tarix fanlari doktori, professor Abduxalil Mavrulov,  Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov, Toshkent shahar "Nuroniy" jamg‘armasi raisi, senator Rustam Kalonov o‘tkazilayotgan tadbir maqsadi va vazifalari yuzasidan ma’lumot berdilar.

 

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov marafonni tashkil etishda hamkorlik qilayotgan tashkilotlarga va qadriyatlarni tarannum etayotgan ishtirokchilarga minnatdorlik bildirdi.

 

“Biz Adiblar xiyobonidamiz! Bu bog‘ning yana bir nomi – Ma’naviyat bog‘i! Adabiyot bog‘i! Chunki hazrat Navoiyning o‘zi ma’naviyat! Bu yerda haykali qad rostlab turgan aziz siymolarimizning har biri ma’naviyatimiz ustunlaridir, desam yanglishmayman.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda ba’zan “Ma’naviyat kerakmas!” degan iddaolarga ko‘zimiz tushadi. Bu menga “Bizga Buxoriy kerakmas!”, “Bizga Navoiy kerakmas!”, “Bizga axloq kerakmas!”, “Bizga insoniylik kerakmas!”, “Bizga qadriyatlar kerakmas”, degan mazmunda eshitiladi. Nima uchun biz ma’naviyatdan uyalishimiz kerak! Nima uchun ma’naviyatni unutishimiz kerak! Axir u bizning o‘zligimiz, bizning qiyofamiz-ku!

 

Aytmoqchimanki, mana shunday ma’naviy tadbirlar xonadonlarimizga kirib borsin! Farzandlarimizga azaliy qadriyatlarimizni o‘rgataylik! Uyimizga shirinlikka qo‘shib to‘rtta kitob ham olib kiraylik! dedi Minhojiddin Hojimatov.

 










Tadbirda bir guruh yurtdoshlarimiz
“Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi:

 

Rustam Kalonov, Toshkent shahar "Nuroniy" jamg‘armasi raisi, senator;

Bahodir Nishonov, O‘zbekiston davlat yosh tamoshobinlar teatri yetakchi sahna ustasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist;

Turg‘un Beknazarov, Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatri aktyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist ;

Feruza Akramova, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti professori;

Mamuraxon Zohidova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bo‘limi boshlig‘i;

Rasulxon Qodirxonov, Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatri solist-vokalisti. 

 




 






Ochilish marosimi Adiblar xiyobonidagi har bir ulug‘ siymo haykali atrofida hozirlangan adabiy davralarga ulanib ketdi. Musiqiy dasturlar va badiiy chiqishlar bayramona kayfiyat ulashdi. “Ma’naviyat marafoni” milliy qadriyatlarimiz bilan uyg‘unlashgan, biri-biridan qiziqarli va noodatiy loyihalar tarzida respublikamiz bo‘ylab davom etmoqda.

 

Oyina.uz'ni Telegramda kuzating!

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi

San’at

10:05 / 07.05.2024 0 34
“Avtohalokat” dan keyingi oʻylar

Mafkura

10:05 / 07.05.2024 0 41
Urushda g‘oliblar bo‘lmaydi...





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Adabiyot

18:04 / 05.04.2024 0 19350
Yaponiya sotuvga qo‘yiladi

San’at

11:08 / 28.08.2021 8 16465
Dunyoning eng mashhur va qadimiy besh muzeyi