Oyina.uz portali oʻzbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA OʻQISHI SHART BOʻLGAN 10 KITOB” tavsiyasini berishda davom etadi.
Loyihaning 57-kuni akademik Shuhrat Egamberdiyev “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi:
1. Pirimqul Qodirov, “Yulduzli tunlar” romani
2. Mannop Egamberdi, “Sariq ajdar hamlasi” romanining uchinchi toʻldirilgan nashri
3. Ulugʻbek Hamdam asarlari, hikoya va romanlari
4. Gabriel Garsia Markes asarlari
5. Paulo Koelo asarlari
6. Erkin Vohidov sheʼrlari
7. Mannop Egamberdi, “Bul yurak dogʻindadur” sheʼriy toʻplami
8. Chingiz Aytmatov asarlari
9. Stiv Jobsning tarjimai holiga oid kitoblar
10. Bill Geyts hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan kitoblar.
Akademik Shuhrat Egamberdiyev 1953-yili Toshkent shahrida tugʻilgan, 1977-yil Moskva Davlat universitetini “Astronomiya” mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik. Uning 150 dan ortiq ilmiy maqolalari (80 dan ziyodi nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda) chop etilgan. Hozirda Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti direktori. Maydanak observatoriyasida “Samarqand” sayyorasining kashf etilishi, oʻta-yangi yulduz chaqnashi hodisasining ochilishi va oliygohlar qoshida ilmiy oʻquv observatoriyalarining ish boshlashi aynan uning rahbarlik davriga toʻgʻri keladi.
Akademik Shuhrat Egamberdiyev Oʻzbekiston jurnalistlar uyushmasi aʼzosi, “Mehnat shuhrati” va Fransiya hukumatining “Akademik palmalar” ordenlari bilan mukofotlangan. “Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi” unvoni bilan taqdirlangan (2022).
Oyina.uzni Telegramda kuzating
Ma’naviyat
Adabiyot
Ma’naviyat
Ta’lim-tarbiya
San’at
Adabiyot
Til
Jarayon
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Tarix
Tarix
Din
San’at
//
Izoh yo‘q