Adabiyot
Oyina.uz portali oʻzbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA OʻQISHI SHART BOʻLGAN 10 KITOB” tavsiyasini berishda davom etadi.
Loyihaning 56-kuni sanʼatshunos, dramaturg Maftuna Muhammadaminova “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi:
1. Alisher Navoiy, “Lison ut-tayr” dostoni
2. Jaloliddin Rumiy, “Ma'naviy masnaviy” asari
3. Lev Tolstoy, “Anna Karenina” romani
4. Gabriyel Garsia Markes, “Buzrukning kuzi” romani
5. Yasunari Kavabata asarlari
6. Ernest Xeminguey, “Alvido, qurol” romani
7. Anton Chexov pyesalari
8. Joze Saramago, “Koʻrlik” romani
9. Murod Muhammad Doʻst, “Lolazor” romani
10. Rauf Parfi kitoblari.
Maftuna Muhammadaminova 1990-yil Samarqand viloyati Urgut tumanida tugʻilgan. Oʻzbekiston Davlat sanʼat va madaniyat institutini tamomlagan. “Jahon adabiyoti” jurnali, “Oʻzbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi, Madaniyat vazirligi Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazida faoliyat yuritgan. Ayni vaqtda “Jahon adabiyoti” jurnalining Jahon madaniyati va sanʼati boʻlimi mudiri. OʻzRFA Sanʼatshunoslik instituti doktoranti, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.
Maftuna Muhammadaminova “Kuzgi maktublar”, “Anvoyi tashvish”, “Vido kechasi”, “Uvaysiy” kabi pyesalar muallifi. Pyesalari poytaxt va viloyat teatrlarida sahnalashtirilgan, ssenariylari asosida filmlar suratga olingan. Ijodiy ishlari xalqaro va respublikadagi adabiy toʻplamlarda nashr etilgan. Oskar Uayld, Ejen Ionesko, Muxtar Shaxanov, Charli Chaplin asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
Adabiyot
Adabiyot
Til
Adabiyot
Adabiyot
Jarayon
Til
Jarayon
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Tarix
Tarix
Din
San’at
//
Izoh yo‘q