Oyina.uz portali oʻzbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA OʻQISHI SHART BOʻLGAN 10 KITOB” tavsiyasini berishda davom etadi.
Loyihaning 55-kuni shoir Nosirjon Joʻrayev “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi:
1. Forobiy, “Fozil odamlar shahri” asari
2. Farididdin Attor, “Mantiq ut-tayr” dostoni
3. Dante, “Ilohiy komediya” dostoni
4. Mixail Bulgakov, “Usta va Margarita” romani
5. Abdulla Qodiriy, “Mehrobdan chayon” romani
6. Lev Tolstoy, “Anna Karenina” romani
7. Fyodor Dostoyevskiy, “Telba” romani
8. Chingiz Aytmatovning barcha qissalari.
9. Remark, “Uch ogʻayni” romani
10. Jek London, “Martin Iden” romani.
Nosirjon Joʻrayev 1984-yili Namangan viloyatida tugʻilgan. Oʻzbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlagan. Yozuvchilar uyushmasining Yoshlar bilan ishlash boʻlimi adabiy maslahatchisi, “Adib” nashriyoti bosh muharriri, “Sharq” nashriyoti bosh muharrir oʻrinbosari, Gʻafur Gʻulom nashriyoti bosh muharriri vazifalarida ishlagan. 2019-2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida faoliyat yuritgan.
Ijodkorning “Ulgʻayish kunlari”, “Muhabbatdan soʻng…”, “Eng qudratli zarra”, “Sharh”, “Mangulik kemasi”, “Noyabr kuyi”, “Aksincha”, turk tilidagi “Hasratning shakli” (“Hasretin şekli”) sheʼriy kitoblari nashr etilgan. 2023-yil “Amazon” saytida “Noyabr kuyi” nomli hikoya va qissalar toʻplami ingliz va nemis tillarida 10 dan ortiq davlatda sotuvga chiqarilgan. Shoir “Shuhrat”(2018), “Ahmad Yassaviy”(2023) medallari bilan taqdirlangan. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.
Oyina.uzni Telegramda kuzating
Adabiyot
Til
Adabiyot
Adabiyot
Jarayon
Til
Til
Jarayon
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Tarix
Tarix
Din
San’at
//
Izoh yo‘q