
Oyina.uz portali oʻzbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA OʻQISHI SHART BOʻLGAN 10 KITOB” tavsiyasini berishda davom etadi.
Loyihaning 54-kuni shoir Najmiddin Ermatov “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi:
1. “Alpomish” dostoni
2. Goʻroʻgʻli turkumidagi dostonlar
3. Abdulla Oripov, “Mitti yulduz” sheʼriy toʻplami
4. Rauf Parfi sheʼrlari
5. Oʻzbek sheʼriyatining 70 yillar avlodi – Shavkat Rahmon, Usmon Azim, Xurshid Davron sheʼrlari
6. Abduvali Qutbiddin sheʼrlari
7. Kobo Abe, “Qumdagi xotin” romani
8. Jek London, “Martin Iden” romani
9. Daniyel Defo, “Robinzon Kruzo” romani
10. Mixail Bulgakov, “Usta va Margarita” romani
Najmiddin Ermatov 1993-yili Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumanida tugʻilgan. Oʻzbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakultetini tamomlagan. Ayni vaqtda "Oʻzbekiston tarixi" telekanali bosh muharriri. Shoirning “Boʻzla endi, boʻztoʻrgʻay” nomli sheʼriy kitobi nashr qilingan.
Falsafa
Jarayon
San’at
Vatandosh
Adabiyot
Adabiyot
Til
Jarayon
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Tarix
Tarix
Din
Til
//
4 Izohlar
Mastura
02:12 / 26.12.2023
Azizim Najmiddin.Salomat bo'ling!!!
Xayriniso
04:11 / 19.11.2023
Najmiddin Ermatovning ,,Boʻzla endi boʻztoʻrgʻayʼʼ kitobini qayerdan topsak boʻladi?
Каримжон
06:11 / 08.11.2023
Bu shaxsni men faqat " Koʻk boʻri kezgan sarhad itlarga talosh endi" deya boshlanuvchi sheʼri uchun shoir sifatida koʻraman. Undagi bezovta ruhni hozirgi kunda boshqa sheʼrlardan topish, yerdan turib osmondagi yulduzlarga qoʻl uzatishga oʻxshaydi.
Менгдона
04:11 / 08.11.2023
Нажмиддин углим, каналингизни кузатиб бораман ва бу ёшгина йигит юрагига шунча дардни кандай сигдирар экан , деб уйлаб коламан. Ше'рларингиз биринчи сатрларданок одамнинг ичига кириб коришиб кетишга мажбур килади. Шунчаки укиб куя олмайсиз. Тасаввурларингизга жон багишлайди. Ше"рларингиз учун Сизга рахмат. Ижодингиз мен учун кадрлидир.