
Oyina.uz portali oʻzbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA OʻQISHI SHART BOʻLGAN 10 KITOB” tavsiyasini berishda davom etadi.
Loyihaning 50-kuni jurnalist Jaloliddin Safoyev “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi:
1. Abdulla Qodiriy, “Mehrobdan chayon” romani
2. Odil Yoqubov, “Ulugʻbek xazinasi” romani
3. Murod Muhammad Doʻst, “Lolazor” romani
4. Abdulla Oripov, “Yillar armoni” sheʼriy toʻplami
5. Mixail Bulgakov, “Usta va Margarita” romani
6. Arnold Toynbi, “Tarixni anglash” kitobi
7. Lev Tolstoy, “Urush va tinchlik” romani
8. Fyodor Dostoyevskiy, “Aka-uka Karamazovlar” romani
9. Chingiz Aytmatov, “Asrni qaritgan kun” romani
10. Efraim Sevela, “Toʻxtating samolyotni, tushib qolaman” romani.
Taniqli jurnalist va tarjimon Jaloliddin Safoyev 1960-yili Karmana tumanidagi Jaloyir qishlogʻida tugʻilgan. U “Qahqaha siri”, “Mangu hamrohlar”, “Qanotli iboralar” singari kitoblar muallifi. Shuningdek dunyoga mashhur ingliz tarixchi olimi Arnold Toynbining “Tarixni anglash”, amerikalik siyosatshunos Robert Grinning “Hokimiyatning 48 qonuni”, “Tarix saboqlari va hayot strategiyalari”, rus yozuvchisi va dramaturgi Edvard Radzinskiyning “Qon siragan ilohlar”, “Knyaz. Chaqimchining xotiralari”, rus yozuvchisi Lev Tolstoy toʻplagan “Donishmandlar oʻgitlari” va boshqa bir qator asarlarni tarjima qilgan. Jaloliddin Safoyevning ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy va xalqaro masalalar mavzulardagi 250 dan ziyod maqolalari eʼlon qilingan. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.
Falsafa
Jarayon
San’at
Vatandosh
Adabiyot
Adabiyot
Til
Jarayon
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Tarix
Tarix
Din
Til
//
Izoh yo‘q