Oʻzbekiston xalq artisti Dilorom Karimova “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi


Saqlash
23:01 / 02.11.2023 1136 0

Oyina.uz portali oʻzbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA OʻQISHI SHART BOʻLGAN 10 KITOB” tavsiyasini berishda davom etadi.

 

Loyihaning 49-kuni Oʻzbekiston xalq artisti Dilorom Karimova “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi:

 

1. Alisher Navoiy, “Xamsa” asari

2. Oybek, “Navoiy” romani

3. Jorj Oruel, “Molxona” romani

4. Patrik Zyuskind, “Ifor” romani

5. Chingiz Aytmatov, “Qiyomat” romani

6. Fyodor Dostoyevskiy, “Jinoyat va jazo” romani

7. Mixail Bulgakov, “Usta va Margarita” romani

8. Lev Tolstoy, “Tirilish” romani

9. Gabriel Garsia Markes, “Buzrukning kuzi” romani

10. Gabriel Garsia Markes, “Ulugʻ onaning janozasi” romani.

 

Dilorom Karimova 1948-yili Toshkent shahrida ziyoli oilada tavallud topgan. Toshkent Davlat sanʼat institutini tamomlagan. Teatrda F.Shillerning “Qaroqchilar”ida Amaliya, “Oqshomdan tushgacha”da Nina, “Parvona” spektaklida Mamlakat, “Yulduzli tunlar”da Xonzoda, “Alvido hayot”da Mariya rollarini mahorat bilan oʻynagan. “Opa-singillar” televizion seriali, “Zabarjad”, “Narigi sohilda qolgan bolalik”, “Novda”, “Parizod”, “Tanho qayiq”, “Ilhaq” badiiy filmlarida sevimli va esda qolarli obrazlarni gavdalantirgan.

 

Shuningdek, Dilorom Karimova “Ostonasi tillodan”, “Oltin beshik”, “Ikki daryo oraligʻida” kabi bir necha turkum koʻrsatuvlar va “Quyoshi botmaydigan yurt” video filmi, “Algʻul” telespektakliga rejissyorlik qilgan. “Sevgim mening, anduxim mening”  va  “Poʻrtana”  kitoblari nashr etilgan. Dilorom Karimova Oʻzbekiston xalq artisti unvoni bilan taqdirlangan (2020-yil).

 

Oyina.uzni Telegramda kuzating

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi

Adabiyot

16:05 / 29.05.2025 0 155
Olam qanday paydo bo‘lgan? – Mifologik tahlil

Tarix

12:05 / 28.05.2025 0 372
Quddusni ozod qilgan xorazmliklar

Tarix

18:05 / 27.05.2025 0 231
Saljuqiylarda qozilik ishlari qanday boʻlgan?





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

//