Moybo‘yoq usulida yaratilgan va 10 ga yaqin xalqaro mukofotni qo‘lgan kiritgan ilk animatsion film – “Qiz va bulut” endi YouTubeda


Saqlash
18:09 / 20.10.2023 817 0

Milliy kinematografiyamizga o‘ziga xos imzosi bilan kirib kelgan Shokir Xoliqovning har bir ijodiy ishi ma’lum yutuqlarga erishgan. Bugun e’tiboringizni 2019-2021 yillarda yaratilgan “Qiz va bulut”  qisqa metrajli animatsion filmiga qaratmoqchimiz.

 

Film Usmon Azimning “Yomg‘ir haqida ballada” deb nomlangan she’ri motivlari asosida moybo‘yoqda oynaga chizish usulida yaratilgan. Shu paytgacha O‘zbekistonda bunday usuldagi animatsion film yaratilmagandi. Biz bu borada birinchi bo‘ldik, – deydi Shokir Xoliqov.

11 daqiqali film uchun to‘rt mingdan ko‘proq surat chizilgan. Filmning rejissori, ssenariy muallifi va montaj ustasi Shokir Xoliqov, film animatori va rassom – Erkin Xushmatov, operator – Diyor Ismatov, ovoz rejissyori – Jahongir Majidov hamda prodyuser Xurshid Alixo‘jayev.

 

“Qiz va bulut”  qisqa metrajli animatsion filmi ko‘plab xalqaro yutuqlarga erishdi.

 


2021-yil

 

  • Yaponiyada bo‘lib o‘tgan “21 – DigiCon 6 Asia” qisqa metrajli badiiy va animatsion filmlar xalqaro kinofestivalida “Mintaqaning oltin filmi” va “Festivalning oltin filmi” mukofotlarini qo‘lga kiritgan;
  • Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan “UMUT” yosh kinoijodkorlar forumida “Eng yaxshi rejissorlik filmi” nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan;
  • Turkiyada “9 Xalqaro Silk Road Film Awards” festivalida “Eng yaxshi animatsion film” deb topilgan;
  • Qozog‘iston “Bastau” xalqaro qisqa metrajli filmlar festivalida “Eng yaxshi animatsion film” nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlangan;
  • Hindistonda bo‘lib o‘tgan “KidsCinema” xalqaro bolalar filmlari festivalida “Eng yaxshi oltin animatsion film” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

 

2022-yil

 

  • Rossiyada bo‘lib o‘tgan “Kinokavkaz-2022” Shimoliy Kavkaz yoshlar kinofestivalining “Eng yaxshi animatsion filmi” deb topilgan;
  • Shuningdek, Rossiya “Peterhof Film Festival-2022” talabalar filmlari festivalida faxrli 3-o‘ringa munosib ko‘rilgan.

                            

3 yillik mehnat sarflangan va bir qator e’tiroflarga munosib ko‘rilgan ushbu animatsion filmni YouTube orqali tomosha qilishingiz mumkin.

 

 

Oyina.uz'ni Telegramda kuzating!

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Adabiyot

18:04 / 05.04.2024 0 20454
Yaponiya sotuvga qo‘yiladi

//