Boshqa tilda talqini “boshqacharooo” so‘zlar – lug‘atimizga singiganmi?


Saqlash
16:58 / 21.10.2021 1428 0

Biriga sex yoqmaydi – inglizcha o‘qisa, xunuk so‘zmish. Boshqasiga fuqaro yoqinqiramapti – arabchasiga kambag‘almish, yana biri bolalar oromgohi demaylik, forschada oromgoh qabristonni anglatadi, desa, bir ruslashgan o‘zbek noyob so‘ziga e’tiroz bildiradi.

Birovga qarab to‘n bichishni qachon bas qilasizlar? O‘zbek tilining o‘z tarixi, rivojlanish yo‘li, qo‘yingki, hamiyati, g‘ururi bor! Bir tildan so‘z kirib keldimi, tilga singdimi, tamom – u o‘zbek tilining, o‘zbek xalqining mulki.

Boshqa tilda boshqacharooo...

O‘chir-e! Boshqacharoq bo‘lsa, bu o‘sha tilning muammosi!

***

Hissiyotni yig‘ishtirib aytganda:

Har qanday tilda o‘zlashtirma so‘zlar mavjud.

Bir tildagi so‘zning boshqa tilga kirib kelishida to‘rt jihat bor:

1. Ma’nosi o‘zgarmagan holda o‘tadi;

2. Ma’no kengayishiga uchraydi;

3. Ma’no torayadi;

4. Ma’no butunlay o‘zgaradi.

O‘zim bilgan soha – o‘zbek tilidagi arabizmlardan misol keltiraman:

1. Ma’nosi o‘zgarmagan so‘zlarga muslim, olim kabilar misol bo‘ladi;

2. Ma’nosi kengaygan so‘zlarga “bisot (gilam)” – “bisot (to‘plab qo‘yilgan mol-dunyo)” misol bo‘ladi;

3. Ma’no torayishiga “lahm (umuman go‘sht)” – “lahm (suyaksiz go‘sht)”, “sharob (ichimlik)” – “sharob (may, vino)” va “sirop (shirin suv)” misol bo‘ladi;

4. Ma’no butunlay o‘zgarishiga “fuqaro (kambag‘allar)” – “fuqaro (grajdanin)”, “basir (hamma narsani ko‘ruvchi)” – “basir (ko‘r, so‘qir)” kabilar misol bo‘ladi.

Demak, so‘z boshqa tilga ko‘chib o‘tgach, asl tildan aloqasini uzadi va mustaqil ma’no kasb eta boshlaydi. Ijtimoiy hodisa sifatida, asl tilidagi ma’nosidan ayri rivojlanishga ega bo‘ladi.

Endi bo‘ldi qilarsizlar?

Alouddin SADRIDDINOV 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi

Adabiyot

12:12 / 03.12.2024 0 298
Buyuklarning “maydalik”lari





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

San’at

16:08 / 28.08.2021 8 22621
Dunyoning eng mashhur va qadimiy besh muzeyi

//