“Abu Rayhon Beruniy ilmiy merosining jahon fani rivojidagi o‘rni” konferensiyasining birinchi kuni qanday o‘tdi?


Saqlash
00:50 / 26.09.2023 905 0

 

Avval xabar berilganidek, Ulug‘ mutafakkir bobomiz Abu Rayhon Beruniy tavalludiga 1050 yil to‘lishi munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Abu Rayhon Beruniy ilmiy merosining jahon fani rivojidagi o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning birinchi kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘lib o‘tmoqda.


Dastavval xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada qatnashish uchun Turkiya, Hindiston, Eron, Ozarboyjon, Tojikiston, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Afg‘oniston mamlakatlaridan tashrif buyurgan mehmonlar Nukus xalqaro aeroportida Qoraqalpog‘iston Respublikasi  Jo‘qorg‘i Kengesining raisi o‘rinbosari R.Tashrifbayev tomonidan kutib olindi.





So‘ngra konferensiya ishtirokchilari uchun I.V.Savitiskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston san’at muzeyiga sayohat tashkillashtirildi.

 




Keyingi navbatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining raisi Amanbay O‘rinbaev “Abu Rayhon Beruniy ilmiy merosining jahon fani rivojidagi o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi ishtrokchilarini Beruniy tumanida tantanali kutib oldi hamda ulug‘ mutafakkir bobomizning haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi.






Pokiston Respublikasidan kelgan olim
Imran Parvez Xon konferensiya oldidan o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi:

 

“Bu mening Qoraqalpog’istonga birinchi safarim. Tan olish kerak, konferensiya o‘tkazish g‘oyasi juda ajoyib va men tashkiliy ishlardan juda mamnun bo‘ldim. Shaxsan o‘zim Abu Rayhon Beruniyning matematika va kartografiyaga oid ilmiy qarashlarini o‘rganganman va konferensiyada shu yo‘nalishdagi ma’ruzam bilan ishtirok etayapman. O‘ylaymanki, bu konferensiya musulmon davlatlaridan kelgan ko‘plab olimlar uchun o‘zaro fikr almashish maydoni bo’lib xizmat qilmoqda.”

 

Shundan so‘ng, konferensiya qatnashchilari ishtirokida yetuk ensiklopedistning ramziy qabri ziyorat qilindi.

 




Ehtirom marosimlari yakunlangach, anjuman qatnashchilari Beruniy tumani Madaniyat saroyga to‘plandilar. Bu yerda xalq kuy-qo‘shiqlari ijro etildi hamda milliy urf-odat va an’analarimizdan namunalar namoyish etildi.

 



Nihoyat kunning ikkinchi yarmida konferensiya rasman o‘zi ishini boshladi. Ma’lumot uchun, bu ilmiy-amaliy konferensiya “Abu Rayhon Beruniyning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi”, “Abu Rayhon Beruniy ilmiy merosida amaliy fanlarning o‘rni”, “Abu Rayhon Beruniy va ijtimoiy-gumanitar fanlar”, “Abu Rayhon Beruniy asarlaridagi dinshunoslik va falsafa masalalari” kabi to‘rtta sho‘baga bo‘lingan, jami 46 ta ilmiy maqolalar tinglanadi.

 

Aminmizki, bu keng qamrovdagi ilmiy izlanishlar buyuk bobokalonimiz Beruniy ilmiy merosini yanada boyitishga xizmat qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi, tarix fanlari doktori, professor Abduhalil Mavrulov  bilan aytganda,  biz hozir buyuk ajdodimizning X asr oldin yaratgan asarlari bila g‘ururlanib o‘tiribmiz… Xo‘sh, XXV-XXX asrlardagi avlodlarimiz XX asrda yaratilgan qanday asarlar bilan g‘ururlanadi? Bu konferensiya mana shu savollarga javob qidirishni o‘rgatadi.



Dastur bo‘yicha taassurotlarga boy kunning so‘ngida hamma mehmonlar “Aktyabr” amfiteatriga to‘planishdi va bu yerda “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostidagi konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.






Ma’lumot uchun,
xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning ikkinchi kuni Xorazm viloyatida davom etadi. 

 

 

Oyina.uz’ni Telegramda kuzating!

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi

Adabiyot

16:11 / 22.11.2024 0 126
Maktab amma

Adabiyot

15:11 / 20.11.2024 0 301
Abdulla Qodiriy – o‘zbek detektivi asoschisi





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

San’at

16:08 / 28.08.2021 8 22089
Dunyoning eng mashhur va qadimiy besh muzeyi

//