
Moziyga oyina tutishdan maqsad faqat zamonga shukrona keltirish uchun sabablar qidirib topish emas. Axir sovetlarning eng asosiy usullaridan biri shu edi – kecha kim eding-u, bugun kim bo‘lding? Tarixga boqmoq qanchalik ilgari ketganimizni aniqlash uchun kerak. Yuz yilda ham tuzalmagan illatlarimiz bor. Sobiq tuzum bo‘ynimizga bog‘lagan qullik zanjirlari zanglab, chirib uzilib tushgan bo‘lsa-da, sovetning po‘lat qozig‘i atrofida aylanishlarimiz hamon tinmagan. Go‘yo ustoz-shogirdlik an’analari bardavomdek.
Haqgo‘y millatparvarlar ovozi qanday o‘chiriladi? Stalindan qolgan po‘lat mexanizm mustahkam, har vaqt va har yerda foydalansa bo‘ladi. Yaqin tarix ayovsiz qoralanadi va unga teskari ravishda bugungi kunga hamd-u sano o‘qiladi, xorijda esa balo-qazolar arimayotgandek axborot pufagi yaratiladi. Xullas, zamon zamon, bizning zamon, davron bizniki. Faqat o‘tmishni sog‘ingan, chet elga sotilgan bir hovuch ziyolilar yutuqlarimizni ko‘rolmayapti. Siyosat mashinasi ravon yurishiga xalaqit beryapti. Nima qilamiz? Toshni kesar boltamiz, boshi borni chopamiz! Paq-paq otamiz! Boshi yo‘qni esa osib ham bo‘lmaydi.
Avtoritar, totalitar jamiyatlarda ruxsat etilgandek fikrlamaydigan kishilar qanday jazolanadi? Qay usullar bilan boshi kundagacha olib boriladi? Oyina.uzꞌda yangi longrid shu haqda!
Hujjatli multimediaviy longridga o‘tish
Falsafa
Jarayon
San’at
Vatandosh
Adabiyot
Adabiyot
Til
Jarayon
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Tarix
Tarix
Din
Til
//
5 Izohlar
Oltinoy
21:09 / 04.09.2023
Maqola juda ham ta'sirli chiqibdi, mana shunday vizual materiallarni ko'proq e'lon qilib jamiyatga tadbiq etilsa bu ham foydali ham maqsadga muvofiq bo'lar edi
Мамура
21:09 / 04.09.2023
Juda ajoyib. tarixga multimediyaviy nazar tashlashga ajoyib manba
Сайёра
21:09 / 04.09.2023
Лонгрид менга жуда ҳам ёқди.Миллий матбуотимиз тарихиинг энг оғриқли саҳифалари жонли публицистик руҳда тақдим этилган.Табриклайман.Ёш тадқиқотчиларимизнинг мана шу даврга мурожаат этганликлари қувонарли албатта.Омад.Бардавом бўлсин.
Shohsanam
14:09 / 04.09.2023
Butun maqola boʻlibdi. Rahmat, sizlarga.
Zafarjon Boyigitov
04:09 / 04.09.2023
Maqola uchun katta rahmat, juda ham foydali maqola bo'libdi