
Moziyga oyina tutishdan maqsad faqat zamonga shukrona keltirish uchun sabablar qidirib topish emas. Axir sovetlarning eng asosiy usullaridan biri shu edi – kecha kim eding-u, bugun kim bo‘lding? Tarixga boqmoq qanchalik ilgari ketganimizni aniqlash uchun kerak. Yuz yilda ham tuzalmagan illatlarimiz bor. Sobiq tuzum bo‘ynimizga bog‘lagan qullik zanjirlari zanglab, chirib uzilib tushgan bo‘lsa-da, sovetning po‘lat qozig‘i atrofida aylanishlarimiz hamon tinmagan. Go‘yo ustoz-shogirdlik an’analari bardavomdek.
Haqgo‘y millatparvarlar ovozi qanday o‘chiriladi? Stalindan qolgan po‘lat mexanizm mustahkam, har vaqt va har yerda foydalansa bo‘ladi. Yaqin tarix ayovsiz qoralanadi va unga teskari ravishda bugungi kunga hamd-u sano o‘qiladi, xorijda esa balo-qazolar arimayotgandek axborot pufagi yaratiladi. Xullas, zamon zamon, bizning zamon, davron bizniki. Faqat o‘tmishni sog‘ingan, chet elga sotilgan bir hovuch ziyolilar yutuqlarimizni ko‘rolmayapti. Siyosat mashinasi ravon yurishiga xalaqit beryapti. Nima qilamiz? Toshni kesar boltamiz, boshi borni chopamiz! Paq-paq otamiz! Boshi yo‘qni esa osib ham bo‘lmaydi.
Avtoritar, totalitar jamiyatlarda ruxsat etilgandek fikrlamaydigan kishilar qanday jazolanadi? Qay usullar bilan boshi kundagacha olib boriladi? Oyina.uzꞌda yangi longrid shu haqda!
Hujjatli multimediaviy longridga o‘tish
Tarix
Adabiyot
Tarix
Adabiyot
Tarix
Falsafa
Til
Jarayon
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Tarix
Tarix
Din
Til
//
1 Izoh
Алламбергенова Перхан Кудайбергеновна
13:09 / 03.09.2023
Ажойиб, бугунги глобаллашув даврида, миллат такдири хавф остида турган бир пайтда миллат фидойиларини, миллат зиёлиларини миллатни маънавиятини, маърифатини асраш уз хиссаларини кушган Буюк шахсларни замонавий шаклда таргиботини олиб бориш тахсинга лойик. Айнан шу йул билан хам таргиботини кучайдитириш давно ташаб. Таклифим буни факат Олий таълимда эмас, балки бокса ва мактаблардада айлантириш керак. Сизга рахмат.