O‘zbekiston va Tojikistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hojiboy Tojiboyev 1955-yil 25-avgust kuni tug‘ilgan. Taniqli so‘z ustasi agar hayot bo‘lganida bugun 68 yoshni qarshilagan bo‘lar edi.
Xalqona, samimiy va sodda latifalari bilan yosh-u qarining ko‘nglidan joy olgan Hojiboy Tojiboyev hozir ham ko‘p davralarda eslanadi, e’tirof etiladi. Hatto bir qancha hazillaridagi jumlalar xalq tiliga ko‘chib, alohida iboraga ham aylangan.
San’atkor tavalludining 68 yilligi munosabati bilan sizlarga 68 ta mana shunday ommalashgan iboralarni va hazil jumlalarni eslatmoqchimiz:
1. “Borma, kuyasan… Hoy, kuyasan… Ana, kuyding!”;
2. “Allaning so‘zi qani?.. So‘zi yo‘q!”;
3. “Allada avj yo‘q, bola zerikib uxlab qoladi...”;
4. “Tur, padaringga la’nat, haliyam yotibsanmi? Soat 10 bo‘ldi!”;
5. “San, san, odam bo‘lmaysan!..”;
6. “Janob, turing, sizni buyuk ishlar kutayapti!”;
7. “Mol sutidan molning xarakteri o‘tadi-da!”;
8. “Gapirishni bilmaydi, lekin qo‘y boqishni biladi!”;
9. “Qo‘y yog‘idan sursa, yaxshi bo‘lib ketasan…”;
10. “Hozir borib sevib kel!”;
11. “Bilaman, sen Qashqadaryodan bo‘lsang kerak, sen Surxondaryodansan…”;
12. “Sen ketmon bilan beliga solasan, men o‘roq bilan oyog‘iga…”;
13. “Odam o‘zini qo‘ltig‘idan ham osadimi?”;
14. “Bo‘ldi, hozir chaqirib beraman… Ketib qolish yo‘g‘-a...”;
15. “Uyda uchta ho‘kizim bor, to‘rtinchisi Toshkentda o‘qiyapti...”;
16. “Bu bashara bilan dunyodan toq o‘tib ketsam kerak!”;
17. “Aqling bo‘lsa qizlarni baquvvatiga uylan…”;
18. “Qo‘liga ketmon berib qo‘ysang yerning jigarini sug‘urib oladi!”;
19. “O‘lib-o‘lib boqqan qizimni traktorchiga beramanmi?”;
20. “17-stolbadan chapga burilaman – “xlopzavod”-da!”;
21. “Traktorchilar keldi. Ichkari uy bo‘shmi? Kim o‘tiribdi? O‘qituvchilar! Chiqar o‘qituvchilarni!..”;
22. “Uyatli mehmonlar kelib qoldi… Nima, qolganlar uyatsizmi?”;
23. “Nozik mehmonlar keldi desa, 150 kg vazndagi odamlar kirib kelayapti”;
24. “Qorin qanaqa? – Yumaloq”;
25. “Sho‘rvaga o‘tirib borasizlar…”;
26. “Falonchini oshida ko‘rinmadingiz…”;
27. “O‘tirib borardingiz… Yotib borardingiz...”;
28. “Olishib o‘tiringlar...”;
29. “Aptekadagi emblemani ma’nosi nima? – Oying choy ichayapti…”;
30. “Yaxshi yotib turing, oltita bolaning onasi – Sizam yaxshi yotib turing, ikkita bolaning otasi”;
31. “Tomimiz qo‘shnini tomidan bir qarich baland bo‘lsin!”;
32. “Vasvasaga tushgan odamlar uchun “Vasvasagin” degan dori...”;
33. “Ayollar uchun “Antijag‘” yoki “Chakakagil” degan dori...”;
34. “Allo, Buxorooo!..”;
35. “Yerning iloji yo‘q, iloji bo‘lganida o‘zim xumda o‘tirarmidim?!”;
36. “Eng kam oylik 50 ming, xalqimiz bir oyga 450 ming xarajat qiladi… Qolganini qayerdan oladi, bilmaymiz...”;
37. “Meni senga beradigan hech narsam yo‘q, mayli quruq qolma savol beraman… O‘qituvchida nima ko‘p – savol ko‘p!”;
38. “Bir otaxon 50 yil bitta maktabda ishladi, chunki uning o‘rni hech kimga kerak emas!”;
39. “Podpisim chiroyli, lekin hech qayoqqa o‘tmaydi”;
40. “Demak, yerni chuqurroq haydamagansan…”;
41. “Ob-havoning noqulay kelganligi tufayli…”;
42. “Birinchidan, sensirama meni, sendan kattaman!”;
43. “Mndeey hisob-kitob qilib ko‘rsam menga “невыгедно” ekan!”;
44. “Nobelni o‘ylab topgan odamga sumalak berish kerak!”;
45. “O‘rtoq starshina, bitta “potaha” qiling endi...”;
46. “Men yong‘oqni shaqir-shuquriga ishqibozman, xolos”;
47. “Bizning chaqaloqligimizda “roddom”da almashtirib qo‘yishgan...”;
48. “Kechirolsang, kechir meni, Masha… Sizlarni men sotganman!”;
49. “Kuydirgan kallani ko‘rganmisiz… qarang…”;
50. “Bu qo‘shig‘ingning aytilishi o‘rischa ekan, eshitilishi o‘zbekcha ekan!”;
51. “Lyuboy ruscha so‘zni yumshoqroq talaffuz qilsangiz, o‘zbekcha bo‘lib qolaveradi”;
52. “Yumshoq “h” mi yo qattiq “x” mi?”;
53. “Anvar G‘aniyev bilan Anvar Sanayev ikkovi aka-ukami?”;
54. “Shu qo‘shiqni to‘g‘ri aytguncha aytaverasiz...”;
55. “Mana shu toshni 18 yoshimdayam ko‘tara olmasdim, hozir ham ko‘tara olmayman!”;
56. “Enamniyam ko‘rdim, dunyoniyam ko‘rdim...”;
57. “Asalning ichiga tirik ari tiqib qo‘ygan”;
58. “Tabiiy olma yemoqchi bo‘lsangiz, qurt yeganidan oling”;
59. “Mazza qilib reklama ko‘rib o‘tirsang, orasiga kino qo‘yib yuborishadi...”;
60. “U yoqqayam bu yoqqayam o‘rayapsiz-u, orqangiz bo‘sh ketayapti…”;
61. “Pul ko‘paysa odam kekirvorarkan…”;
62. “Sizlar 40 gradus issiqda choy ichasizlar, biz indamayapmiz-ku!”;
63. “Terma jamoamiz hech bo‘lmasa bitta-bitta “morojonoe” yeb qaytsin...”;
64. “O‘zbekiston jahon chempionatiga chiqa olmadi, chiqa olmaydiyam-da!”;
65. “Agar sudya biznikilarga sariq ko‘rsatsa, biznikilar sudyaga qizil ko‘rsatadi”;
66. “Basharangga tupurvorardim-u, hamma qarab turibdi-da”;
67. Zidan bu Zayniddin-da, o‘zbekda… “Chempionatinggayam dedi, oltindan bo‘lgan kubogingayam, dedi, o‘yininggayam, stadioninggayam dedi… Shartta chiqib ketdi!”;
68. “Braziliya nima uchun chempion bo‘ladi, chunki ularda choyxona yo‘q!”
Biz bu iboralar sonini qiziqchining yoshiga mosladik, xolos. Aslida bunday mazmundagi hazil jumlalarni eslagan sari eslayverasiz. Xohlasangiz, siz ham davom ettirishingiz mumkin.
Ma’lumot uchun, Hojiboy Tojiboyev 2008-yili 53 yoshida vafot etgan. Bugungi kunda marhum ijodkorning farzandlari Intizor hamda Madina Tojiboyevalar ham yumoristik rollari bilan nom qozonmoqda.
Sirojiddin RUSTAMOV,
Oyina.uz
Oyina.uz'ni Telegramda kuzating!
Ma’naviyat
Adabiyot
Ma’naviyat
Ta’lim-tarbiya
San’at
Adabiyot
Til
Jarayon
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Tarix
Tarix
Din
San’at
//
Izoh yo‘q