Ma’naviyat
Oyina.uz portali 100 kun mobaynida o‘zbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA O‘QISHI SHART BO‘LGAN 10 KITOB” tavsiyasini berib boradi.
Loyihaning 32-kuni Qamariddin Ortiqov “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiya qiladi:
1. Jerom Selinjer, “Javdarzordagi xaloskor” romani va hikoyalari
2. Erix Mariya Remark, “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” romani
3. Ernest Xeminguey “Chol va dengiz” asari
4. Gabriel Garsiya Markes romanlari
5. Herman Hesse asarlari
6. Salmon Rushdiy, “Yarim tun farzandlari” romani
7. Orxan Pomuk, “Mening ismim – qirmizi” romani
8. Guzel Yaxina, “Zulayho ko‘zlarini ochadi” romani
9. Lyudmila Uliskaya “Daniel Shtayn, tarjimon” asari
10. Jek London, “Martin Iden” romani.
Qamariddin Ortiqov 1950-yili Toshkentda tug‘ilgan. A.N.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va san’at institutining teatrshunoslik yo‘nalishini tamomlagan. 1982–1985-yillarda Lunacharskiy nomidagi Rossiya teatr san’ati instituti aspiranti bo‘lgan.
Dramaturg, rejissor Qamariddin Ortiqov “Bahodir Yo‘ldoshev”, “Bernora Qoriyeva”, “Qizlarxon Do‘stmuhammedova” va “Bahodir Zokirov” kabi telenamoyishlar muallifi.
“Oy soati” nomli kitobi muallifi, “Tasviriy imzo” nomli galereya uyi asoschisi. Ayni vaqtda “Shams-i-Qamar” teatr-studiyasi rahbari.
Oyina.uzni Telegramda o‘qing!
Ma’naviyat
Adabiyot
Tarix
Mafkura
Tarix
Til
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Jarayon
Tarix
Tarix
Din
San’at
//
Izoh yo‘q