Ma’naviyat
Oyina.uz portali 100 kun mobaynida oʻzbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA OʻQISHI SHART BOʻLGAN 10 KITOB” tavsiyasini berib boradi.
Loyihaning 31 kuni Rustambek Shamsutdinov “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi:
1. Qurʼoni Karim
2. Abu Nasr Farobiy, “Fozil kishilar shahri” asari
3. Beruniy, “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” kitobi
4. Choʻlpon, “Kecha va kunduz” romani
5. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, “Baxtiyor oila” asari
6. Zahiriddin Muhammad Bobur, “Boburnoma” asari
7. Boymirza Hayit, “Bosmachilar. Turkiston milliy kurashi tarixi” asari
8. Nuriddin Muhiddinov, “Kremlda oʻtgan yillarim” kitobi
9. Jamol Kamol, “Saylanma”
10. Piter Hopkrik, “Katta oʻyin. Ikki imperiya toʻqnashuvi” asari.
Rustambek Shamsutdinov 1939-yili Andijon shahrida tugʻilgan. SamDU tarix fakulteti bitiruvchisi, tarix fanlari doktori, professor, Markaziy Osiyo fan, madaniyat va sanʼat akademiyasi akademigi. Ayni damda Andijon davlat universiteti Oʻzbekiston tarixi kafedrasi professori, Andijon davlat universiteti tuzilmasidagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi direktori.
2001-yil Rossiya imperiyasi va Sovet davlatining vatanimizda amalga oshirgan qatagʻon siyosati tarixini oʻrganuvchi “Meros” ilmiy-amaliy xalqaro jamoat fondiga asos solgan. Qirgʻiziston, Qozogʻiston. Rossiya, Ozarbayjon, Ukraina, Tojikiston, Hindiston, Misr, Germaniya, Yaponiya, Pokiston, Afgʻoniston, Avstraliya, AQSH va boshqa koʻplab davlatlarda boʻlib yurtimiz tarixiga oid koʻplab arxiv hujjatlari va manbalarni olib kelgan.
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1991), “Mehnat shuhrati” ordeni (2019), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining “Maʼnaviyat fidoyisi” koʻkrak nishoni (2022) bilan taqdirlangan.
Ma’naviyat
Adabiyot
Tarix
Mafkura
Tarix
Til
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Jarayon
Tarix
Tarix
Din
San’at
//
Izoh yo‘q