Oyina.uz portali 100 kun mobaynida oʻzbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA OʻQISHI SHART BOʻLGAN 10 KITOB” tavsiyasini berib boradi.
Loyihaning 30-kuni tadbirkor Firuz Allayev “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi:
1. Uolter Ayzekson, “Kod Buzar. Jennifer Daudna, gen tahrirlash va insoniyat kelajagi” asari
2. Charlz Uilan, “Yalangʻoch iqtisodiyot. Murakkab sohaning sodda qiyofasi” asari
3. Piter Til, Bleyk Masters, “Noldan birga. Startaplar haqida qaydlar yoxud kelajakni qanday qurish mumkin?” kitobi
4. Daron Ajemoʻgʻli, Jeyms A. Robinson, “Mamlakatlar tanazzuli sabablari: qudrat, farovonlik va kambagʻallik manbalari” asari
5. Piter Hopkirk, “Katta oʻyin. Ikki imperiya toʻqnashuvi” kitobi
6. Hans Rosling, Factfulness (Asoslilik) kitobi
7. Klaus Shvab, “Toʻrtinchi sanoat inqilobi” asari
8. Teodor Drayzer, “Sarmoyador” romani
9. Rey Bredberi, “Farengeyt boʻyicha 451º” romani
10. Oldos Haksli, “Ajib yangi dunyo” asari.
Firuz Allayev 1989-yili Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumanida tugʻilgan. OʻzDJTU va Fransiyaning siyosiy tadqiqotlar instituti xalqaro siyosiy munosabatlar fakultetini tamomlagan.
2014-yili elektron tijorat sohasida oʻz biznesiga asos solgan. Ayni paytda Oʻzbekistondagi eng mashhur “Asaxiy.uz” internet-doʻkoni va Asaxiy Books loyihasi asoschisi va rahbari. “Kitobxonlikni rivojlantirishdagi tashabbusi uchun” Tahsin mukofoti bilan taqdirlangan.
Tarix
Jarayon
Tarix
Jarayon
Adabiyot
Ma’naviyat
Til
Jarayon
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Tarix
Tarix
Din
San’at
//
Izoh yo‘q