Oyina.uz portali 100 kun mobaynida oʻzbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA OʻQISHI SHART BOʻLGAN 10 KITOB” tavsiyasini berib boradi.
Loyihaning 28-kuni yozuvchi, tarjimon Sharifjon Ahmedov “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi:
1. Ovidiy, “Metamorfozalar” asari
2. Homerning “Iliada” va “Odisseya” dostonlari.
3. Migel de Servantes, “La-Manchlik uddaburro Idalgo Don Kixot” romani
4. Fransua Rable, “Gargantyua va Pantagryuel” asari
5. Jon Milton, “Boy berilgan jannat” asari
6. Apollodor, “Asotirlar kulliyoti” asari
7. Tsao Suetsin, “Qirmizi kulba roʻyolari” romani
8. Andrey Platonov asarlari.
9. Halil Jubron, “Al-Mustafo” asari
10. Gabriel Garsia Markes, “Yolgʻizlikning yuz yili” romani.
Yozuvchi, tarjimon Sharifjon Ahmedov 1969-yili Andijon viloyatida tugʻilgan. ToshDU jurnalistika fakultetini tamomlagan. Lotin Amerikasi adabiyoti tadqiqi bilan shugʻullanadi. Xorxe Luis Borxes, Xulio Kortasar, Karlos Fuentes kabi adiblarning oʻnlab hikoyalarini oʻzbek oʻquvchilariga taqdim etgan.
Shuningdek, faylasuf adib Jubron Xalil Jubron qalamiga mansub “The Prophet” (oʻzbekchada “Al Mustafo”) asarini ham mahorat bilan oʻgirgan.
Tarix
Jarayon
Tarix
Jarayon
Adabiyot
Ma’naviyat
Til
Jarayon
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Tarix
Tarix
Din
San’at
//
Izoh yo‘q