Eynshteyn ko‘chirmakash edimi?


Saqlash
15:10 / 15.10.2021 1498 0

 

Hayoti va ilmiy faoliyati haqida turli mishmishlar tarqagan, qarama-qarshi fikrlar bildirilgan olimlardan biri Albert Eynshteyndir. Ziddiyatli fikrlar odatda uning nisbiylik nazariyasiga muallifligi masalasida bildiriladi. Uning matematikaga qobiliyati yo‘q edi, qanday qilib shunday olamshumul nazariyani yarata oldi? Nega Nobel mukofoti unga mazkur nazariya uchun emas, balki fotoeffekt nazariyasi uchun berildi va hokazo savollar paydo bo‘laveradi. Albatta, Eynshteyn nisbiylik nazariyasini to‘lig‘icha o‘z mehnati bilan ishlab chiqmagan. U bu borada avvalgi matematik va fiziklarning ishlariga tayangan, ulardan foydalangan. Ammo bu – Eynshteyn mazkur nazariyaning muallifi deya e’tirof etilishiga xalal bermaydi. Biror olim yangi nazariyani yo‘q joydan paydo qilmaydi, axir!

Bu o‘rinda men nisbiylik nazariyasining haqiqiy muallifi Albert Eynshteyn emas, uning xotini Mileva Marich degan da’voga munosabat bildirishni lozim topdim. Bu qarash tarafdorlari keltirgan dalillarni shunday ifodalash mumkin:

– Eynshteynning matematik qobiliyati past bo‘lgan, unga bu ishda qobiliyatliroq bo‘lgan xotini Mileva Marich yordam bergan yoki nazariyani to‘liq u ishlab chiqqan;

– rus fizigi Abram Ioffe (1880–1960) Eynshteynning 1905-yili chop qilingan maqolalarining qo‘lyozmalarini ko‘rgani, ularga “Eynshteyn – Mariti” imzosi (Mariti – Milevaning qizlik familiyasi) qo‘yilganini aytgan emish;

– Eynshteyn Marichga maktublarida “bizning nazariyamiz” iborasini ishlatgan. Bu esa nazariyaning hammualliflikda yozilganiga ishoradir.

Yuqorida keltirilgan uch asosning biri yolg‘on, ikkitasi esa Mileva Marichni Eynshteynga hammuallif deyish uchun yetarli emas.

Birinchi asos – Eynshteynning matematik qobiliyati past bo‘lganini olaylik. Xo‘sh, matematik qobiliyatning pastligi fizikada katta nazariya yaratish ehtimolini butunlay yo‘qqa chiqaradimi? Qolaversa, “qobiliyati past” degani nimani anglatadi? Buyuk matematik bo‘lish uchun yetarli bo‘lmagan qobiliyat buyuk fizik bo‘lishga yetarli bo‘lishi mumkin emasmi? Maykl Faradey, Aleksandr Bell, Tomas Edisonning ham matematik qobiliyati havas qiladigan darajada emas edi. Fiziklarning tajribalari xulosasini matematik tilga ko‘chirishda matematiklardan ko‘mak olishi g‘ayriodatiy hodisa emas. Qolaversa, Eynshteyngacha nisbiylik nazariyasi uchun dastak bo‘ladigan matematik nazariyalar yaratib bo‘lingan edi. (Mileva nima ish qilgan, yaratib bo‘lingan matematik nazariyalarni qayta yaratganmi? Ehtimol, u Puankarega ham hammuallif bo‘lgandir?) Agar masalani boshqacharoq qo‘yib, kim muallif, Eynshteynmi yoki Anri Puankare deyilsa, bu boshqa gap. Shunda ham Puankareni mazkur nazariyaning yakka muallifi emas, Eynshteyn bilan nari borsa hammuallif deyishga to‘g‘ri keladi. Har qanday holatda ham Eynshteyn nisbiylik nazariyasining muallifi bo‘lib qolaveradi. Yakka o‘zi muallifmi yoki hammuallifmi – bu masalani muhokama qilish mumkin. Ammo uni mualliflik huquqidan mahrum qilish uchun favqulodda kuchli dalil kerak.

Fiziklarga matematik qobiliyatning o‘zigina yetarli emas – kuchli tasavvur va intuitsiya ham kerak bo‘ladi. Aks holda, istalgan matematik fizik bo‘lib ketardi. Demak, Milena Marich nisbiylik nazariyasini yaratgan yoki hammuallif bo‘lgan deyish uchun bu asos yetarli emas.

Ikkinchi asos – A.Ioffening Eynshteyn maqolalari qo‘lyozmasida “Eynshteyn – Mariti” imzosini ko‘rgani nafaqat Eynshteynga, balki A.Ioffega nisbatan ham tuhmatdir. Bu tuhmatni birinchi bo‘lib aytgan odam – Milena Marichning biografi Dizanko Trbuxovich-Gjurichdir. Men u bergan havola bo‘yicha A.Ioffening o‘sha maqolasini tekshirib ko‘rdim. Aslida maqolada quyidagilar yozilgan: Эйнштейн – это автор теории относительности, гениальный пре­образователь и продолжатель начал Ньютона и только – таково представление далёких от физики слоёв интеллигенции.

Для физиков же, и в особенности для физиков моего поколения – современников Эйнштейна, незабываемо появление Эйнштейна на арене науки. В 1905 г. в “Анналах физики” появились три статьи, положившие начало трём наиболее актуальным направлениям физики ХХ века. Это были: теория броуновского движения, фотонная теория света и теория относительности. Автор их – неизвестный до тех пор чиновник патентного бюро в Берне Эйнштейн-Марити (Марити – фамилия его жены, которая по швейцарскому обычаю прибавляется к фамилии мужа)” (Иоффе А. Памяти Альберта Эйнштейна. // Успехи физических наук, Т  LVII, вып. 2, 1955. Стр. 187).

Bu yerda Ioffe, birinchidan, maqolalar qolyozmalarini korganini aytmayapti, ikkinchidan, Eynshteynni nisbiylik nazariyasining muallifi sifatida korsatyapti, uchinchidan, “Eynshteyn-Maritideya qayd etilgani sababini izohlab, bunday yozish  Shveysariyada odat bolganini takidlab otyapti. Trbuxovich-Gjurich esa nafaqat Ioffega tuhmat qilgan, ayni choqda, malumotni oxirigacha bermay girromlik qilgan. Agar ushbu ikkinchi davo Trbuxovich-Gjurich bergan yolgon malumotga tayanishini nazarda tutsak, bu asosning ozini asoslash kerak boladi.

Uchinchi asosEynshteyn Milevaga yozgan maktubida mazkur nazariyanibizning nazariyamizdeb aytgani ham kuchli dalil emas. Uni istagancha talqin qilish mumkin. Mileva Marich Eynshteynga yollagan maktublarida biror marta bolsin nisbiylik nazariyasini muhokama qilganmi? Marich biror orinda bu haqda yozmagan. Eynshteyn unga ozi qol urgan tadqiqotlar, ularning konseptual nazariy jihatlari haqida yozgan, ammo xotini erini manaviy qollab-quvvatlash bilan cheklangan, xolos. Agar chindan ham Mileva mazkur nazariyaning hammuallifi yoki muallifi bolganida maktublar yoxud zamondoshlarning xotiralarida buni tasdiqlovchi dalillar qayd etilishi tabiiy edi. Boz ustiga, har qanday olim tadqiqotlari davomida manaviy dastak berib turgan yaqin kishisigaNazariyamiz pishdideb qoyishi favqulodda hodisa emas.

Ayrimlar Eynshteyn Nobel mukofotidan olgan pullarini xotiniga berganini Mileva nisbiylik nazariyasi hammuallifi bo‘lgani bois deya talqin qiladi. Ammo bunga boshqa sabablarni ham keltirish mumkin. Bu holni izohlash uchun Milevani Eynshteynga hammuallif qilib qo‘yish shart emas.

Eynshteyndek bir yahudiy olimning XX asrning eng buyuk fizigi deya e’tirof etilishi, tabiiy, aksar antisemit kayfiyatidagi kishilarga yoqmaydi. Uni ushbu maqomdan butunlay tushirish uchun turli ma’lumotlar uydirilishi, faktlar buzib ko‘rsatilishi mumkin. Ayniqsa, yahudiylarga doir konspiratsiya nazariyalari urchigandan urchib ketgan bugungi davrda berilayotgan har bir fikr, iqtibos, xabarni nuqta-verguligacha tekshirib qo‘yish zarar qilmaydi.

Umumqabul qilingan qarashlarga qarshi chiqish ijobiy urinish, menimcha. Ammo buning uchun zalvorli dalillar kerak. Karl Sagan aytganidek, “favqulodda da’volar favqulodda dalillarni talab qiladi”.

Xurshid YO‘LDOSHEV

“Tafakkur” jurnali, 2017-yil 4-son

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Adabiyot

18:04 / 05.04.2024 0 19236
Yaponiya sotuvga qo‘yiladi

San’at

11:08 / 28.08.2021 8 16082
Dunyoning eng mashhur va qadimiy besh muzeyi