Elmira Basitxanova “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi


Saqlash
05:34 / 28.07.2023 1316 0

Oyina.uz portali 100 kun mobaynida oʻzbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA OʻQISHI SHART BOʻLGAN 10 KITOB” tavsiyasini berib boradi.

 

Loyihaning 21-kuni senator Elmira Basitxanova “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi:

 

1. Hadislar, hayot qonunlarini oʻrganish hamda iymon, vijdon, eʼtiqod, insof kabi insoniy mezonlarni “kalibrovka” qilish imkoniyati uchun.

 

2. Oʻlmas Umarbekov, “Odam boʻlish qiyin” romani. Oʻsmirligimda, shaxs xarakteri shakllanadigan bir davrda koʻpgina savollarimga javob topganman. Asarda oʻtgan asrning 70 yillaridagi yoshlar hayoti muammolari, yechimlari tasvirlangan.

 

3. Oʻtkir Hoshimov, “Dunyoning ishlari” memuar qissasi. Bu asarda oʻz buvilarim, onam, ammalarim va xolalarimni koʻrganman. Eng asosiysi, men ham xuddi shunday oʻzbek onasi boʻlishim kerakligini bilganman.

 

4. Erkin Vohidov,

 

5. Abdulla Oripov,

 

6. Halima Xudoyberdiyevaning kitoblari har bir oʻzbek ziyolisining stolida boʻlishi kerak. Bu mualliflarning sheʼrlarini hech boʻlmasa 2-3 daqiqa vaqt ajratib, qayta-qayta oʻqib, magʻizini chaqib, mazza qilish kerak. Turmush ikir-chikirlari, roʻzgʻor muammolari, gʻiybatlardan tezgina uzoqlashish imkoniyatini beradi.

 

7. Somerset Moem hikoyalari. Fransuz vatanparvarligi, umuman vatanparvarlikning kuchini koʻrish, his qilish mumkin ularda.

 

8. Onore de Balzak asarlari. Uning har bir asari 20 yosh, 40 yosh va 60 yoshda oʻqilsa, umuman boshqa uchta romanni oʻqigandek boʻlasiz.

 

9. Bolalar ensiklopediyasi. Doimiy oʻqib turish kerak, maktabda oʻqigan maʼlumotlarni qayta oʻrganish orqali fizika, kimyo, geografiya va biologiya borasidagi bilimlar tiklab olinadi.

 

10. Alisher Navoiy asarlari. Maʼnan, ruhan va jismonan tayyorlanib, alohida vaqt ajratib, har bir misrasini falsafiy tahlil qilish bilan buyuklikni tushunish uchun ham oʻqish kerak.

 

Elmira Basitxanova 1958-yili Toshkent shahrida tugʻilgan. Tibbiyot fanlari doktori, davlat arbobi. 1981-yildan 2011-yilgacha Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida ishlagan. Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirning birinchi oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.  Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi (2019-2022) 2020-yildan buyon Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi

Adabiyot

12:12 / 03.12.2024 0 1495
Buyuklarning “maydalik”lari





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

San’at

16:08 / 28.08.2021 8 23007
Dunyoning eng mashhur va qadimiy besh muzeyi

//