Rejissyor Shokir Xoliqov “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi


Saqlash
01:07 / 25.07.2023 1197 1

Oyina.uz portali 100 kun mobaynida oʻzbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA OʻQISHI SHART BOʻLGAN 10 KITOB” tavsiyasini berib boradi.

Loyihaning 18-kuni rejissor, ssenarist Shokir Xoliqov “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi:


1. Qur'oni karim
2. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, "Hadis va hayot" to'liq to'plami
3. Tolstoy, “Iqrornoma” asari
4. Chingiz Aytmatov, “Asrga tatigulik kun” romani
5. Dostoyevskiy, “Jinoyat va jazo” romani
6. Ekzyuperi, “Kichkina shahzoda” asari
7. Jaloliddin Rumiy, "Ichindagi ichindadir" asari
8. Knut Gamsun, “Ochlik” romani
9. Remark, “Uch og'ayni” romani
10. Ernest Hemenguey, “Chol va dengiz” asari



Shokir Xoliqov 1992-yili Surxondaryo viloyati Sho’rchi tumanida tug’ilgan. Dunyoning turli mamlakatlarida o‘tkazilgan yuzdan ortiq festival ishtirokchisi va qirqdan ortiq turli nominatsiyalar g‘olibi. (2016-2023) "Bizni tushunishmaydi", "Dilemma", "Choy"," Messi" qisqa metrajli filmlari, "Dunyo virus inson tabiat" "Bahorsiz umr" qisqa metrajli hujjatli filmi, "Qiz va Bulut" qisqa metrajli animatsion filmi va "Yakshanba" badiiy filmlari ssenaristi va rejissyori. 

Rejissyorning "Choy" filmi Fransiyaning Kann shahridagi “Entr'2 Marches” festivalida “Gran-pri” mukofatini qo‘lga kiritgan.(2019) "Messi"  qisqa metrajli badiiy filmi esa Qozog‘istonda o’tkazilgan “48 hour film race” xalqaro kinofestivalida “Eng yaxshi film” nominatsiyasi g‘olibi, Amerika New York Film Academy da o’qish uchun yo’llanma va “Eng yaxshi drama” mukofotlari sohibi. (2021) "Qiz va bulut"  Qisqa metrajli animatsion filmi Yaponiyadagi  “21 – DigiCon 6 Asia” kinofestivalida “Mintaqaning oltin filmi” va “Festivalning oltin filmi” mukofotlari bilan taqdirlangan.(2021) “Yakshanba” filmi Xitoydа bo’lib o’tadigan A toifadagi “Shanghai International film festival”da Osiyoning yangi talantlari yo’nalishida “Eng yaxshi film” deya topilib, festivalning oliy mukofoti “Oltin kubok” bilan taqdirlangan (2023).

1 Izoh

Абдумалик

06:07 / 25.07.2023

OʻZBEKISTONda kino oʻlgan deymiz lekin shunday yoshlarga yoʻl ochib berish kerak hali etti yil ichida shuncha mukofot olib Oʻzbek nomni shuncha joyga tanitgan boʻlsa demak kelajakda Hollivud yoki Bollivudda OʻZBEK filmlari har bir mukofot uchun nomzodini qoʻyin tursa ajabmas

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Adabiyot

18:04 / 05.04.2024 0 19310
Yaponiya sotuvga qo‘yiladi

San’at

11:08 / 28.08.2021 8 16389
Dunyoning eng mashhur va qadimiy besh muzeyi