
Oyina.uz portali 100 kun mobaynida oʻzbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA OʻQISHI SHART BOʻLGAN 10 KITOB” tavsiyasini berib boradi.
Loyihaning 17-kuni dizayner Bahriddin Bozorov “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi:
1. Ekzyuperi, “Kichkina shahzoda” asari
2. Abdulhamid Choʻlpon, “Kecha va kunduz” romani
3. Xolid Husayni, “Shamol ortidan yugurib” romani
4. Lev Tolstoy “Iqrornoma” asari
5. Jon Steynbek “Sichqonlar va insonlar haqida” romani
6. Mixail Bulgakov “Usta va Margarita” romani
7. Rey Bredberi, “Momoqaymoqdan vino” asari
8. Ahmad Hodiy Maqsudiy, “Ibodati islomiya” asari
9. Abu Homid Imom Gʻazzoliy “Mukoshafat-ul qulub” asari
10. Ernest Heminguey “Chol va dengiz” romani.
Bahriddin Bozorov 1974-yili Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida tugʻilgan. Bahriddin Bozorov mamlakatimizning noshirlik, kitob grafikasi va matbaa sohasidagi taniqli, oʻz maktabini yarata olgan rassom-dizaynerlaridan biri.
Yuzlab badiiy, ilmiy kitoblarning badiiy muharriri. Turkiya, Rossiya, Ozarbayjon davlatlarining qator nashriyotlari bilan hamkorlikda kitoblar chop etgan. U yaratgan muqova dizaynlari ushbu mamlakatlarda yuksak eʼtirofga sazovor boʻlgan.
Adabiyot
San’at
Tarix
Vatandosh
Mafkura
Jarayon
Jarayon
Til
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Tarix
Din
Tarix
Til
//
Izoh yo‘q