Beshinchi kun
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tizimidagi xodimlar “Ma’rifiy targʻibot ishlari samarasi va ta’sirchanligini yanada oshirish boʻyicha ustuvor vazifalar” mavzusidagi toʻrt kunlik oʻquv seminaridan soʻng beshinchi kun (21-iyul) Toshkent shahriga qaytishdi. Ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti hamkorligida oʻtkazilgan “Yangi Oʻzbekistonda ma’rifatli shaxs tarbiyasi: muammo va yechimlar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi kutib turardi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasida boʻlib oʻtgan ilmiy-amaliy konferensiya ta’lim va tarbiya: maktabgacha, maktab va oliy ta’lim tizimlaridagi yangi imkoniyatlar; ta’lim muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sogʻlomlashtirish metodikasi hamda targʻibotning yangi texnologiyalari; ta’limning turli bosqichlarida uzluksiz ma’naviy tarbiya jarayonini tashkil etish va baholash mezonlari; ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish muammolari; ijtimoiy axloq mezonlari hamda yoshlar ongidagi qadriyatlar transformatsiyasi bilan bogʻliq muammolar kabi ilmiy muammolar tahliliga bagʻishlangan.
Konferensiyada soʻzga chiqqan ma’ruzachilar tomonidan qoʻyilgan muammolar va taklif etilgan yechimlar, ma’naviy tarbiya va targʻibotning zamonaviy texnologiyalari hamda ta’sirchan usullari boʻyicha tajriba almashinuvlar, nazariy xulosalar bilan amaliyotni uygʻunlashtirish boʻyicha takliflar mamlakatimizda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada yaxshilashga, targʻibotning zamonaviy texnologiyalarini kengroq joriy etishga qaratilgan. Xususan, konferensiyada professor Abduxalil Mavrulovning "Ma’rifatli shaxs tarbiyasida dunyoviy va diniy ilmlarning uygʻunligi masalasiga doir", pedagogika fanlari doktori, professor Muhammadjon Quronovning "Yoshlarda daxldorlik fazilatini tarbiyalashning nazariy va texnologik mohiyati toʻgʻrisida", Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv Akademiyasi professori, sotsiologiya fanlari doktori Mansur Bekmurodovning "Yoshlar tarbiyasi – Uchinchi Renessans ma’rifiy strategiyasining asosi", sotsiologiya fanlari doktori, dotsent Sarvar Otamuratovning "Yoshlarni tarbiyalashda qadriyatlarning oʻrni va ahamiyati", falsafa fanlari doktori, professor Qiyom Nazarovning "Sifatli ta’lim va gumanitar tarbiya – ma’rifatli avlodni shakllantirish omili", falsafa fanlari doktori, professor Bekdavlat Aliyevning "Yangi Oʻzbekistonni qurishda ma'naviy, ijtimoiy-axloqiy qarashlarning oʻrni" kabi mavzulardagi ma’ruzalari tinglandi.
Aktual mavzuga nisbatan qator olimlarning munosabati konferensiya ishtirokchilarida ahamiyatli taassurot qoldirdi. Xususan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Ellikqal’a tuman boʻlinmasi boshligʻi Aysha Matniyazova konferensiyaning maqsadini ijobiy baholagan holda oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi:
– Ma’rifatli shaxs tarbiyasi bugungi kunning dolzarb masalasidir. Bu tarbiya oiladan boshlanadi, maktabgacha ta’lim muassasasida davom etadi, maktab va boshqa ta’lim dargohlarida ham muhim vazifa hisoblanadi. Avvalo ota-ona farzand uchun namuna boʻlishi kerak, soʻng bolalarni yaxshilik va begʻuborlik bilan katta qilishga intilish kerak. Masalan, men tarbiyada xalq ertaklarining alohida oʻrni bor deb oʻylayman. Xuddi shu asosda, konferensiyada ishtirok etish bizni yanada chuqurroq oʻylashga va mushohada qilishga undadi.
Konferensiyada soʻzga chiquvchilar tomonidan qimmatli fikrlar oʻrtaga tashlandi. Xususan, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti psixologiya fanlari doktori, dotsent Feruza Akramova buyuklar bisotidan iqtibos keltirdi:
– Yomon farzand ortiqcha barmoqqa oʻxshaydi. Kesib tashlasang ogʻriydi, kesib tashlamasang doim seni izza qiladi.
Konferensiya yakunlangach, 200 dan ortiq Ma’naviyat va ma’rifat markazi tizimi fidoyilari oʻz hududlariga kuzatildi. Ularning yuzida aks etgan mamnunlik, minnatdorlik va gʻurur tuyg'ulari endilikda mehnat samaradorligi uchun xizmat qilishiga ishonamiz.
Tarix
Jarayon
Tarix
Jarayon
Adabiyot
Ma’naviyat
Til
Jarayon
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Tarix
Tarix
Din
San’at
//
Izoh yo‘q