Shoir, tarjimon Faxriyor “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi


Saqlash
02:04 / 21.07.2023 1251 0

Oyina.uz portali 100 kun mobaynida oʻzbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA OʻQISHI SHART BOʻLGAN 10 KITOB” tavsiyasini berib boradi.

 

Loyihaning 14-kuni shoir, tarjimon Faxriyor “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi:

 

1. Nosiriddin Rubgʻuziy, “Qisas ul-anbiyo”

2. Gʻafur Gʻulom, “Shum bola” qissasi

3. Murod Muhammad Doʻst, “Lolazor” romani

4. Fridrix Nisshe, “Zardusht uqtirmalari” asari

5. Lev Gumilyov, “Etnogenez va Yer biosferasi” asari

6. Chingiz Aytmatov asarlari

7. Fozil Iskandar, “Kozlotur burji” qissasi

8. Oʻrxun Pamuq, “Qora kitob” romani

9. Milorad Pavich, “Hazar lugʻati” romani

10. Gabriel, Garsia Markes, “Tanholikning yuz yili” asari

 

Faxriyor (Faxriddin Nizomov) 1963-yili Samarqand (hozirgi Navoiy) viloyatining Sangijumon qishlogʻida tugʻilgan. Faxriyorning “Dardning shakli”, “Ayolgʻu”, "Geometrik bahor”, fransuz tilida “Lʻos des larmes” (“Koʻz yosh soyasi”, Parij), “Izlam” sheʻriy toʻplamlari, “Metahikoyalar oralab” adabiy-tanqidiy maqolalar toʻplamlari nashr etilgan. Sheʻrlari fransuz, turk, ozarboyjon, rus, bolgar, xitoy, ingliz, qozoq va uygʻur tillariga tarjima qilingan.

 

Taniqli AQSh siyosatchisi Hillary Clintonning “Bir bolaga yetti mahalla ota-ona”, Timothy Winterning “XXI asrda islom: Postmodern dunyoda qiblani topish” va “Amerika hikoyalari” kitoblarini, Edgar Allan Poning “Temirbek” dostonini oʻzbekchalashtirgan. Koʻplab oʻzbek badiiy filmlarini ingliz tiliga tarjima qilgan. Microsoft, Samsung, Huawei, Nokia taʻminot dasturlarini oʻzbekchalashtirishda qatnashgan. XI Turkiy xalqlar sheʻriyat festivalining Rami Garipov nomidagi bosh mukofotiga sazovor boʻlgan (2015). Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʻzosi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

San’at

16:08 / 28.08.2021 8 23620
Dunyoning eng mashhur va qadimiy besh muzeyi

//