Baxtiyor Sheraliyev “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi


Saqlash
04:42 / 20.07.2023 1355 1

Oyina.uz portali oʻzbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA OʻQISHI SHART BOʻLGAN 10 KITOB” tavsiyasini berishda davom etadi.

 

Loyihaning 13-kuni biolog Baxtiyor Sheraliyev “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi:

 

1. Charlz Darvin “Tabiiy tanlanish yo‘li bilan turlarning paydo bo‘lishi” ilmiy asari

2. Igor Bunich “Partiya oltinlari” tarixiy xronikasi

3. Murod Muhammad Do‘st “Lolazor” romani

4. Paulo Koelo “Alkimyogar” romani

5. Gabriel Garsia Markes “Oshkora qotillik qissasi” asari

6. Ernest Seton Tompson “Yovvoyi yo‘rg‘a” hikoyalar to‘plami

7. O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi” romani

8. Tog‘ay Murod “Otamdan qolgan dalalar” romani

9. Svante Paabo “Neandertal odam: Yo‘qolgan genomlarni izlab” ilmiy-ommabop asar

10. Uolter Ayzekson Kod buzar. Jennifer Daudna, gen tahrirlash va insoniyat kelajagi ilmiy-ommabop asar.

 

Baxtiyor Sheraliyev 1989-yil Farg‘ona viloyati Rishton tumanida tug‘ilgan. Mutaxassisligi biolog. Xitoyning Chongqing shahridagi Janubiy-g‘arbiy universitetda gidrobiologiya ixtisosligi bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi (IUCN) ning Turlarning omon qolishi bo‘yicha komissiyasi (Species Survival Commission [SSC]) Chuchuk suv baliqlari (Freshwater Fish Specialist Group [FFSG]) bo‘yicha Markaziy Osiyo rahbari. Internetning o‘zbek segmentida biologiya faniga oid o‘zbek tilidagi ilmiy materiallarni kengroq ommaga yoyish maqsadida tashkil etilgan hujayra.uz loyihasi asoschisi. Bugungi kunda Farg‘ona davlat universitetida Zoologiya va umumiy biologiya kafedrasi mudiri sifatida faoliyat olib bormoqda.

 

Oyina.uz'ni Telegramda oʻqing!

 

 

1 Izoh

Mahmudbek

10:07 / 20.07.2023

Man ham tavsiya bersam bo'ladimi?

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

San’at

16:08 / 28.08.2021 8 23620
Dunyoning eng mashhur va qadimiy besh muzeyi

//