Oyina.uz portali 100 kun mobaynida oʻzbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA OʻQISHI SHART BOʻLGAN 10 KITOB” tavsiyasini berib bormoqda.
Loyihaning 12-kuni rejissor, senarist Zulfiqor Musoqov “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi:
1. Chingiz Aytmatov, “Asrga tatigulik kun” asari
2. Gabriel Garsia Markes, “Yolgʻizlikning yuz yili” romani
3. Anton Chexov asarlari
4. Sergey Dovlatov, “Kompromiss” asari
5. Varlam Shalamov, “Kolima daftari” romani
6. Edgar Doktorou, “Rektaym” romani
7. Mixail Bulgakov, “Usta va Margarita” asari
8. Mixail Sholoxov, “Tinch Don” romani
9. Erkin Aʼzam, “Anoyining jaydari olmasi” hikoyasi
10. Nikolay Gogol asarlari.
Zulfiqor Musoqov 1958-yili Toshkent viloyati, Olmaliq shahrida tugʻilgan. “Abdullajon”, “Yaratganga shukur”, “Kichkina tabib”, “Oyijon”, “Osmondagi bolalar – 1-2-3”, “Vatan”, “Qoʻrgʻoshin”, “Bomba”, “Qovun”, “Xazonrezgi”, “Novda”, “Dadam betob” kabi filmlari bilan nom qozongan.
“Mehnat shuhrati” ordeni (2003) va “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi” (2006) unvoniga sazovor boʻlgan.
Tarix
Jarayon
Tarix
Jarayon
Adabiyot
Ma’naviyat
Til
Jarayon
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Tarix
Tarix
Din
San’at
//
Izoh yo‘q