Gabriel Garsia Markes: “Hayot haqida anglaganlarim”


Saqlash
03:40 / 23.06.2023 1230 0

15 yoshda angladimki, yaxshi narsalarni koʻproq onalar bilishadi, baʼzida esa otalar.

 

20 yoshda angladimki, egri ishning hech qanday nafi yoʻq, u hatto oʻta mohirlik bilan bajarilgan boʻlsa ham.

 

25 yoshda angladimki, bola onani sakkiz soatlik kunduzdan, otani esa sakkiz soatlik kechadan mahrum qiladi.

 

30 yoshda angladimki, erkakning jozibasi kuchida, ayolning kuchi esa jozibasidadir.

 

35 yoshda angladimki, kelajak – insonga meros qoladigan narsa emas, balki oʻzi yaratadigan narsa.

 

40 yoshda angladimki, baxtiyor yashash siri oʻzing sevgan ishing bilan shugʻullanishda emas, balki qilayotgan ishingni sevishdadir.

 

45 yoshda angladimki, inson hayotining 10 foizi boshiga tushgan balolardan, 90 foizi esa ularga boʻlgan munosabatdan iborat.

 

50 yoshda angladimki, kitob – insonning eng yaqin doʻsti, koʻr-koʻrona taqlid esa eng ashaddiy dushmanidir.

 

55 yoshda angladimki, kichik qarorlar miya bilan qabul qilinadi, katta qarorlar esa yurak bilan.

 

60 yoshda angladimki, sevgisiz qurbonlik boʻlishi mumkin, lekin qurbonliksiz sevgi boʻlmaydi.

 

65 yoshda angladimki, inson hayotdan zavq olishi uchun kerakli narsadan tashqari oʻzi xohlaganini ham yeyishi kerak.

 

70 yoshda angladimki, hayotdagi eng muhim narsa qoʻlingizda yaxshi kartalar boʻlishi emas, balki yomon kartalar bilan yaxshi oʻynay olishingizdir.

 

75 yoshda angladimki, inson oʻzini komil hisoblamaguncha harakatda davom etadi, oʻzini komil sanagan zahoti esa harakatdan toʻxtaydi.

 

80 yoshda angladimki, sevish va sevilish dunyodagi eng totli lazzatdir.

 

85 yoshda angladimki, hayot haqiqatan goʻzal.

 

Rahmat BOBOJON tarjimasi

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

San’at

16:08 / 28.08.2021 8 23620
Dunyoning eng mashhur va qadimiy besh muzeyi

//