Yaqinda Twitter oʻzbek segmetida katta ayditoriyaga ega, adabiyot, san’at, ijtimoiy mavzularda qizgʻin bahslar, suhbatlar tashkil etib boruvchi “BookClubUz” loyihasi eng kreativ kitob revyusi uchun maxsus tanlov tashkil etdi. Tanlov shartiga koʻra, ishtirokchilar oʻzlari sevib oʻqigan kitob haqida revyu qoldiradi, blog adminlari tanlovga yuborilgan 40 dan ortiq ishlarning har birini oʻqib gʻolibni aniqladi. Tanlovda 20 yoshli Dilnavoz Eshmuratova tomonidan Elizabeth Strout qalamiga mansub, 2008-yilda xalqaro Pulitser mukofotiga sazovor boʻlgan “Olive Kitteridge” kitobi haqida yozilgan revyu e’tirof etildi va ishtirokchilar orasida gʻoliblikka munosib deb topildi. Oyina.uz portali “BookClubUz” loyihasining ijtimoiy tarmoqlarda kitobxonlikni targʻib etishdagi mehnatlari uchun minnatdorlik bildiradi hamda gʻolib deya topilgan revyuni muallif ruxsati bilan tahrirsiz chop etadi.
Patty va Kevin
Kitob oʻqiganda qanday oʻqiymiz? Nima uchun oʻqiymiz? Kitob oʻqiysan. Baʼzida voqealar rivoji bilan yashaysan, baʼzida oʻzingga yaqin bir holat aks etgan parcha seni umuman tark etmaydi, baʼzida oʻz hayoting bilan, atrofing bilan solishtirasan, yana, baʼzida kitobni yozilishi, uslubini koʻproq kuzatayotganga oʻxshab tuyulasan, baʼzida davom ettirging kelmaydi va yana bir qancha “baʼzida”lar. Bir kitob bu hislarning faqat birini, bir nechtasini va oʻzida hammasini uygʻotishi mumkin. Faqat muvozanat har xil boʻladi.
Olive Kitteridge. Menda navbatma-navbat hammasini his qilishimga undadi, majburladi. Har doim kitob oʻqisam, film koʻrsam, qoʻshiq eshitsam, osmonga qarasam, nafas olsam, nimaiki qilmay, oʻylayman: bular barchasi bir oyna, ha, ha bir oyna. Senda bu xislatlarni uygʻotyapdi, senda. Chunki sen sensan. Kitob oʻqiganda odam oʻzi bilganlarini, yoki bilgan holda bilishini bilmaganlarini koʻradi, anglaydi, shu qahramonlar, voqealar vositasida oʻzini yana bir bora taniydi. Masalan, nima uchun kitobni tashlagim keldi? Chunki, u menda men umuman charchagan, toʻyib ketgan mavzularni yoritib, menga taʼsir qilgani uchun. Nima uchun oʻqishda davom etdim? Chunki, u menda har doim xohlaganimni emas, kerak boʻlganini ham qilishim kerakligini koʻrsatdi.
Olive Kitteridge. Meni nafaqat oʻtmishimni, hozirimni oʻylashga, balki kelajagimgacha olib bordi. Boshida sanalgan holatlarda birin-ketin, baʼzida bir vaqtning oʻzida hech narsa, charchoq, toʻyish, asabiylashish, hech narsa, havas, xursand boʻlish, xafa boʻlish, afsus, qabul qilish, intilish, qoʻrquv, istaklarni qoʻzgʻatdi. Olive Kitteridge.
“Shu-shu”
Kitobni boshlaganimda darrov qiziqib ketmadim. Oʻqidim, oʻqib ketaverdim. Dedimki: hooop, er, xotin, bola, qoʻshnilar. Shu-shu, har doimgi hayot. Lekin gap nima yozilishidamas, uni qanday yozilishidamasmi? Mayda detallargacha tasvirlangani, ora-orada oʻtmishga qaytilgani, eslangani menga juda yoqdi. Ammo ochiq aytaman, menga bunday uslubda yozilganlar umuman yoqmaydi. Kichik hikoyalardan iborat romandek. Soʻradim oʻzimdan, “Qanaqasiga kitobning nomi Olive Kitteridge, a?” Ammo keyin, keyin... Asar shu kichik hikoyalar bilan, uning oʻzining “ishtirok etmagan” hikoyalar bilan bosh qahramonni bizga koʻrsatadi. Zoʻrmasmi? Savol, boshqa qahramon kim? Javob, bosh qahramon — Olive, keksa ayol, kulmaydi, yigʻlamaydi, yaxshi gapirmaydi, hech narsani yoqtirmaydi, yaxshi koʻrmaydi. Shundaymi? Ha, haa, hmm, yoʻq, yoʻq, aslo yoʻq.
Ariqlab, ovqat yemayotgan Nina, suvga tushib ketgan Patty, darsdagi gap, odam oʻldirmoqchi boʻlgan begunoh Marele, yerda yotgan Jack...
Qahramon murakkab. Uning bizga koʻrsatilishi ham murakkab. Asta-sekinlik bilan uni tanib boramiz, uni tushunamiz. Shuning uchun dastlab u bizga boshqacha koʻrinishi mumkin. Ammo boshida u bizga yoqimsizroq tuyulishi tabiiy. Misol uchun, Henry bilan sahnalarini oʻqiganimda, xuddi Jany bilan Bobga oʻxshab, qanaqa qilib unga chidaydi dedim.
Savol, bosh qahramon kim?
Javob, boshqa qahramon murakkab, lekin oddiy bir inson, ayol, oʻqituvchi.
U xursand boʻladi, u xafa boʻladi, yigʻlaydi (Jimning oʻlishi).
U hayotiga rang-baranglik ham qoʻshadi (Uylarini oʻzlari qurishgani).
Xato qiladi, qiynaydi, hammamizdek (Oʻgʻli bilan munosabatlari).
U sevoladi, sevadi. Lekin buni har doim ham koʻrsatolmaydi. Ammo chetdan qaraganda. Aslida, bu uning tili, mehrini koʻrsatishi shunday (Henry yotib qolgandan soʻng, har kuni uni koʻrgani borishi, u bilan gaplashishi. Kimdir bahslashishi mumkindir Olive buni koʻproq yolgʻizligidan qildi deb, lekin yoʻq. Agar shunday boʻlgan taqdirda, unga endi oʻlishing mumkin, men yoningdaman demasdi).
U befarqmas, u oʻylaydi. Nafaqat oʻylaydi, balki amalda ham xayrixohligini koʻrsatadi (Henry T. oʻlganini eshitgandagi ovozi, Denisni yoqtirmasligi mumkindir balkim, biroq bu uning azoblanishini koʻrishiga toʻsqinlik qilolmaydi. Yoki Nina bilan sahnasi, oh!).
Tepada bu uslub kitoblarni yoqtirmasligimni aytdim. Yaxshi kitob shundayki, senga yoqmasa ham seni oʻqishga unday oladi, senga bu kerakligini koʻrsatib beroladi.
Shundaymi?
Voqealarni kuzatib bevosita oʻz hayotimga taqqoslay boshladim. Ayam, dadam, opa, aka, xola, togʻa, dugona, qoʻshnim, tanish, hech kim. Travmalarim, oila, oʻqish, xotiralar. Hayot. Qahramonlarga qarab, shu yoshga yetsam shunday boʻladimi dedim. Zerikamanmi, yolgʻizlikdan hozirgidek zavq olmaymanmi, farzandim meni yomon koʻradimi, turmush oʻrtogʻimga chiday olmaymanmi? Bir onga qoʻrqdim. Tinchlandim. Keyin ayamga qaradim. Dadamga, hammaga qaradim.
Bu kitob koʻp narsalar haqida, lekin menga eng katta taʼsiri kattalar bilan bogʻliq. Ha, kattalar bilan, oʻzim yigirma yoshman. Oʻrta yoshlilar haqida fikrim oʻzimdan emas, atrofimdagilardan kelib chiqqan. Bu kitob menga atrofimdagi keksa yaqinlarimni tushunishimga, ularni anglashimga, hamma narsa, har doim koʻringanidek emasligiga, ularning menga munosabatini boshqa nuqtalardan soʻroqlashimga, ularni qabul qilib, sevishimga undadi. Oliveʼning Nyu-Yorkda kiyimidagi dogʻga munosabati yaqqol misol. Tabiiy ravishda, men bunday narsalarga hayotimda eʼtibor bermasman, biroq mening onam ham balki Oliveʼga oʻxshab bundan xafa boʻlardi.
Shunaqa...
Xulosa, har bir inson murakkab, oʻzgacha, ularni tushunish uchun ularga oʻzingdan emas, ulardan kelib chiqib qarash kerak. Hamma inson bir-biriga bogʻliq. Odam har doim oʻzidan keyin nimadir qoldiradi, bir soʻzi ham nimadirga sabab boʻladi. Zero, Olivening gaplari emasmidi Juliega turtki boʻlgan.
P.S: Qiziqib serialini ham koʻrdim. Ikkalasi haqida qisqacha fikrlarim.
Avvallari nimaningdir ekranizatsiyasini koʻrsam, voqealar xuddi kitobdagidek boʻlmasa yaxshimas derdim. Hozir, balkim qahramonlarni yaxshiroq taniyotgandirman, bu muhimmas. Muhimi qahramon rostanam shunday qilolishida. Agar kitobdagidek boʻlmagan harakatlar unga qarshi boʻlmasa, uni yanada ochib bersa yaxshi. Serialda ham bu kuzatiladi.
Serialda birinchidan hikoyalar qisqartiriladi, kitobdagi barcha qahramonlarni koʻrmaymiz. Lekin Oliveʼni tushunish uchun yetarlicha.
Ikkinchidan, kichik voqealar biroz oʻzgaradi. Lekin aytganimdek, bu qahramonni toʻgʻri ochilishiga zarar yetkazmaydi. Masalan:
Teodorga kitob oʻqib beradi. Serialda unga muzqaymogʻini beradi.
Kitobda muzqaymoq yeb qaytishayotganda, ularni, hatto bolalarni ham quchoqlamoqchi boʻladi, vaholanki, Olive quchoqlaishishni, oʻpishishni yoqtirmaydi. Ammo bu fikridan qaytadi. Chunki ular faqatgina “Xayrli tun”bilan cheklangani uchun. Olive har doim oʻzi xohlaganini qilmaydi, narigi tarafdan ham nimadir kutadi. Serialda bunga alternativ, Teodorni urib yuborgani, umuman uzr soʻramasa-da, Ann aytgani uchun uzr soʻragani. U harakat qiladi.
Tarix
Jarayon
Tarix
Jarayon
Adabiyot
Ma’naviyat
Til
Jarayon
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Tarix
Tarix
Din
San’at
//
Izoh yo‘q