Nimadan quvonishi, nimadan qaygʻurishiga qarab odamning kimligini, oʻzligini bilish mumkin. Biror eʼtiborli inson sevib oʻqigan kitoblar, sevib koʻrgan kinolar roʻyxati tuzilganda faqat yoshlarga namuna qilish maqsadigina nazarda tutilmaydi. Balki shu orqali shaxsning koʻngil olamiga boqish, aslini tanish istagi ham boʻladi.
Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov yaxshi koʻrgan badiiy filmlar roʻyxatini 2019-yili “Kino sanʼati” jurnalida chiqarishni rejalashtirgan edik. Shu maqsadda rafiqasi Tatyana Karimovaga xat bilan murojaat qilindi. Kerakli maʼlumotlar olindi. Ammo, afsuski, dastlabki sonlari bilanoq ovoza boʻlgan nashrning toʻppa-toʻsatdan yopib yuborilishi oqibatida material chop etilmasdan qolib ketdi.
Bugun Islom Karimov tavalludiga 85 yil toʻldi. Oyina.uz portali shu munosabat bilan oʻsha roʻyxatni eʼlon qilmoqda. Yana, yozuvchi Murod Muhammad Doʻstning eslashicha, sobiq Birinchi “sovet mafkurasini miyalarga singdirgan eng katta qurol” sifatida “Chapayev” filmini ham koʻp tilga olgan.
1. “Alisher Navoiy” (rej. Nabi Gʻaniyev)
2. “Ulugʻbek yulduzi” (rej. Latif Fayziyev)
3. “Maftuningman” (rej. Yoʻldosh Aʼzamov)
4. “Oʻtkan kunlar” (rej. Yoʻldosh Aʼzamov)
5. “Mahallada duv-duv gap” (rej. Shuhrat Abbosov)
6. “Toshkent – non shahri” (rej. Shuhrat Abbosov)
7. “Nafosat” (rej. Elyor Eshmuhammedov)
8. “18 kvadrat” (rej. Jahongir Qosimov)
9. “Ofitserlar” (rej. Vladimir Rogovoy)
10. “Turnalar uchmoqda” (rej. Mixail Kalatozov)
11. “Bahorning 17 lahzasi” (rej. Tatyana Lioznova)
12. “Tonglar tinch otardi, bu yerda…” (rej. Stanislav Rostoskiy)
13. “Uchrashuv joyini oʻzgartirib boʻlmaydi” (rej. Stanislav Govoruxin)
14. Buyuk Pyotr haqidagi filmlar.
Shuningdek, Federiko Fellini, Frensis Ford Koppola, Leonida Gayday filmlari ham.
Farrux JABBOROV,
Oyina.uz
Adabiyot
Til
Adabiyot
Adabiyot
Jarayon
Til
Til
Jarayon
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Tarix
Tarix
Din
San’at
//
Izoh yo‘q