Kamina mutolaa, film va hokazo “tavsiyalar”ning ixlosmandi emasman. Yana ular butun boshli roʻyxat, deylik “oʻnta eng yaxshi falon” mazmunida boʻlsa. Biroq siz fikrli, mustaqil va hazil-mutoyibani tushunadigan odam (!) boʻlsangiz, “roʻyxat”imiz bilan tanishish barobarida:
1. Tanish nomlarga duch kelasiz.
2. Tanqidiy qaraysiz-u, baribir bir-ikki asar eʼtiboringizni tortadi.
3. Shu paytga qadar bironta odam sizga pyesa oʻqishni tavsiya qilmagani haqida oʻylaysiz...
Eng avval, birinchi tavsiyam – DUCh KELGAN KITOBNI OʻQIB KETAVERMANG! Bu yerda eʼtibor qilishingiz lozim boʻlgan soʻz – “duch kelgan”, tanlab-tanlab, chertib-chertib oʻqing! Oqil va isteʼdodli kishilarning mazmunli kitoblari shu qadar koʻpki, ketma-ket oʻqiganingiz bilan mutolaaga butun umringiz yetmasligi tayin. Odatan mutolaa esa hayotda kim ekanligingiz bilan bogʻliq. Xoʻsh, ijtimoiy soha vakilimisiz yo texnik?!. Kitob olamiga shoʻngʻish istagidagilarga birinchi bu dunyoning oʻziga xos yoʻlboshchisi – Jek Londonning “Martin Iden”ini oʻqishni tavsiya qilgan boʻlardim.
Demak, badiiy asarlar:
1) Jek London “Martin Iden”. Hikoyalar;
2) A.S. Pushkin “Yevgeniy Onegin”. Sheʼrlar;
3) F.M. Dostoyevskiy “Telba”, “Aka-uka Karamazovlar”, “Jinoyat va jazo”;
4) A.P. Chexov Qissa va hikoyalar;
5) Oskar Uayld “Dorian Grey portreti”;
7) Ernest Heminguey “Alvido qurol”, “Chol va dengiz”;
8) E.M. Remark “Uch ogʻayni”, “Gʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻq”;
9) J.Selinjer “Javdarzor oralab”. Hikoyalar;
10) Antuan de Sent-Ekzyuperi “Kichkina shahzoda”;
11) G.G. Markes “Yolgʻizlikning yuz yili”, “Polkovnikka hech kim xat yozmas”, “Patriarxning kuzi”;
12) Salmon Rushdiy: “Yarimtun bolalari”; “Florensiya goʻzali”;
13) Oʻrxon Pomuq “Mening ismim Qirmizi”, “Istambul”;
14) J.Joys “Uliss”;
15) U.Folkner Hikoyalar;
16) Marsel Prust “Yoʻqotilgan vaqt ortidan”;
17) Frans Kafka “Otamga xat”, “Jarayon”, Hikoyalar;
18) Boris Pasternak “Doktor Jivago”, Sheʼrlar;
19) M.Bulgakov. “Usta va Margarita”, “Oq gvardiya”;
20) M.Zoshenko Hikoyalar;
21) A.Platonov “Chevengur”, “Jon”;
22) A.Qodiriy “Oʻtkan kunlar”, “Mehrobdan chayon”;
23) Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Qissa va hikoyalar;
24) Ch.Aytmatov “Asrga tatigulik kun”, “Jamila”, “Ona yer”, Qissa va hikoyalar;
25) B.Vasilyev “Roʻyxatlarda yoʻq edi”, “Bunda tonglar sokin erurlar”;
26) Vasil Bikov Qissa va hikoyalar;
27) Yu.Trifonov “Qirgʻoqdagi uy”, Qissa va hikoyalar;
28) Varlam Shalamov “Kolima hikoyalari”;
29) V.Rasputin “Omon boʻlsang, unutma”, Qissa va hikoyalar.
Pyesalar:
1) U.Shekspir “Hamlet”, “Otello”, “Qirol Lir”, “Romeo va Julyetta”, “Richard III”, “Oʻn ikkinchi kecha”;
2) A.S. Pushkin “Boris Godunov”, Kichik tragediyalar;
3) J.B. Molyer “Tartyuf”, “Ziqna”, “Gʻayriixtiyoriy tabib”;
4) A.N. Ostrovskiy “Momaqaldiroq”, “Sepsiz qiz”, “Boʻrilar va qoʻylar”, “Aybsiz aybdorlar”, “Oʻrmon”;
5) Hamza Hakimzoda Niyoziy “Boy ila xizmatchi”, “Paranji sirlari”, “Maysaraning ishi”, Kichik bir aktli pyesalar toʻplami;
6) M.Shayxzoda “Mirzo Ulugʻbek”;
7) Viktor Rozov pyesalari;
Istardimki, tavsiya qilingan kitoblar, bildirgan fikrlarimga, bundan tashqari hayotga, atrofimizda sodir boʻlayotgan har bir voqeaga oʻta fikrchan, tahliliy-tanqidiy yondashsangiz. Hayot va sanʼat (masalan, adabiyot)ni ham jiddiy, ham oʻynoqi jihatlarini birlashtirgan holda qabul qilishni oʻrganing va bu mashqlarni toʻxtatmang! Aslida hayotni kulgi, yumor hissi va birmuncha jiddiyat bilan qabul qilsa kifoya!
Qamariddin ORTIQOV,
teatrshunos, “Shams-i-Qamar” teatr studiyasi badiiy rahbari
Tarix
Jarayon
Tarix
Jarayon
Adabiyot
Ma’naviyat
Til
Jarayon
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Tarix
Tarix
Din
San’at
//
Izoh yo‘q