Yangi 2023-yilning kirib kelishiga ham oz fursat qoldi. Yil yakunida quvonchli, unutilmas voqealarni eslash, xatolardan xulosa qilishning ayni vaqti. Afsuski, bu yil sanʼat vakillari orasida koʻpchilik vafot etdi. Umrini sanʼat, madaniyat sohasiga bagʻishlagan insonlarning ayrimlari esa yilni ogʻir xastaliklar bilan kurashib oʻtkazmoqda. Oyina.uz sinovli kunlarni boshdan kechirayotgan, turli kasalliklar bilan kurashayotgan sanʼatkorlar haqida maʼlumot beradi.
Bu yil Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Raʼno Shodiyeva uchun anchayin ogʻir keldi. Aktrisa ogʻir dard, jigar saratoni bilan kurashmoqda. Aktrisa dard boshlanishini u quyidagicha eslaydi:
“Alloh menga shunday bir sinov berdi. Hozir shu sinovni chiroyli yengib oʻtishga harakat qilmoqdaman, Men juda ogʻir ahvolda edim. Shifokorlarning aytishicha, ikki-uch oylik umrim qolgan ekan, kasallikni vaqtida payqabman. Hammasi xuddi kinodagidek boʻldi. Moskva shahriga Xalqaro “Kar-soqovlar jamiyati”ning Kongressiga, Oʻzbekiston nomidan borgan edim. Qizil maydonni aylandim, Instagramʻda obunachilarim bilan jonli muloqot qildim. Kremlda gala-konsertlarda qatnashib, ertasi kuni Oʻzbekistonga uchib kelishim kerak edi”, — deydi u.
Buni qarangki, xasta boʻlishiga qaramay yil davomida uning yangi obrazlari tele ekranlardan tushmadi. Kuni kecha boʻlib oʻtgan “Oltin Humo” - 2022 milliy kinotaqdimotida “Eng yaxshi ayol roli” nominatsiyasida “Ayol qismati” filmidagi bosh roli uchun Raʼno Shodiyeva taqdirlandi. Taqdirlash marosimida ishtirok eta olmagan aktrisaga tadbir qatnashchilari salomatlik tiladi.
Rametovlar – sanʼatkorlar oilasi ekani sir emas. Joriy yilda oila boshi Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Jumadulla Rametovning alsgeymer xastaligiga chalingani maʼlum boʻldi. Uning oʻgʻli aktyor Aziz Rametovning soʻzlariga koʻra, otasi maʼlum vaqt xotirasini ham yoʻqotgan. Kasallik boshlanganiga esa ikki yil boʻlgan. Shuningdek, ushbu kasallikning kelib chiqishi asab tizimi bilan bogʻliqligi hamda kasallikning ikkinchi bosqichiligi va u kun sayin ogʻirlashayotganini taʼkidlagan.
Oʻzbek sanʼatining dargʻalaridan boʻlmish Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Saida Rametova ham Turkiyada “Jaloliddin Manguberdi” serialida suratga tushib, Toshkentga qaytgach, koʻkrak bezi saratoniga chalinganini maʼlum qilgandi. Aktrisa shu zahotiyoq davolanishni boshlagan. Oʻzbek milliy akademik drama teatri maʼmuriyatining xabar berishicha, ayni vaqtda ham Saida Rametova davolanishni davom ettirmoqda. Uning salomatligi yaxshi. Joriy yilning 21-sentyabr kuni 63 yoshni qarshilagan sanʼatkor, xastalik bilan kurashish davomida ham katta sahnani tark etgani yoʻq. Hozirgi kungacha katta-kichik rollarni oʻynab kelmoqda.
Adabiyot
Til
Adabiyot
Adabiyot
Jarayon
Til
Til
Jarayon
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Tarix
Tarix
Din
San’at
//
Izoh yo‘q