Dunyoni nima boshqaradi: besh falsafiy film


Saqlash
21:21 / 29.12.2022 2178 0

Yangi yil bayrami arafasida kishi o‘zini hech nimaga ulgurmagandek his qiladi. Keyin bu o‘ylar o‘rnini falsafiy xayollar egallay boshlaydi. Bu dunyo qonun-qoidalari oxir-oqibat odamzodni chalg‘itishga qaratilgan, degan fikrga borib qolasiz beixtiyor. 

 

Quyida siz uchun besh film tavsiyasi: ularning barchasi sizni sayyora va undagi "sistema" bilan tanishtirishga urinadi va qay ma’nodadir buning ustidan chiqadi. 

 

Maslahatimiz, filmlar nima demoqchiligini anglash uchun effekt va harakatlarga ko‘p ham ahamiyat bermang. 

 

1. Vachovskilar, "Matritsa" (1999/2003/2003)

 

 

Trilogiya jahon ekranlarida yoyilganidan so‘ng kishilar dunyoni illyuzor ko‘rmoqdamiz, degan g‘oyaga mahkum bo‘ldilar. Ular shunchaki robotlar dunyosi tanazzulga uchramasligi uchun o‘z qobig‘ida batareyka misoli saqlanayotgan uyqudagi odamlar plantasiyasi edilar... Xo‘sh, sistemani yo‘q qilishi kerak bo‘lgan qahramon – "tanlangan odam" kim? Va uni aslida sistemaning o‘zi tanlamaganmikin?

 

2. Galder Gastelu-Urritiya, "Platforma" (2019)

 

 

Chekishdan qutulish va Servantesning baxtiqaro, xayolparast risari haqidagi kitobini o‘qish uchun o‘z istagi bilan vertikal qamoqxonaga tushgan yigit noz-ne’mat butun qamoq ahliga yetishi mumkinligini anglab qoladi. Bu haqda yuqoridagilarga faqat birgina bolakay orqali xabar yuborish mumkin. Ya’ni, bir odamni qutqargan, butun olamni qutqaradi.

 

3. Piter Uir, "Truman shousi" (1998)

 

 

Tasavvur qiling, ajib kunlarning birida siz atrofingizdagi barcha narsa dekorasiya, odamlar esa soxtakor aktyorlardan iboratligini sezib qoldingiz. Chor taraf yashirin kameralar bilan to‘lgan, butun dunyo sizning dardu iztirobingizni tomosha qiladi va qarsak chaladi, siz esa naq o‘ttizdan oshib bu haqda xabar topdingiz. Xo‘sh, bu yasama shahardan qochishga urinasizmi? 

 

4. Yorgos Lantimos, "Lobster" (2015)

 

 

Yaqin kelajakda juftsiz yashash taqiqlanadi. Jufti yo‘q har qanday odam qo‘lga olinib, mehmonxonaga jo‘natiladi va 45 kun mobaynida o‘ziga juft topishiga muddat beriladi. Muddati o‘tib ketganlar esa hayvonga aylantirilib o‘rmonga qo‘yib yuboriladi.

 

5. Lyuk Besson, "Lyusi" (2014)

 

 

O‘tgan asr olimlari odam o‘z miyasining nari borsa 3 foizini ishlatadi, degan nazariyani keltiradilar. Ularning fikricha, daholar ham bu ko‘rsatkichni 10 foizdan yuqoriga ko‘tara olmaydilar. Xo‘sh, agar holatga kimyoviy aralashuv bilan yondashilsa nima bo‘ladi. Ya’ni, odamzod o‘z miyasidan 100 foiz foydalana olsa?..

 

Alisher tayyorladi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi

Adabiyot

15:11 / 20.11.2024 0 129
Abdulla Qodiriy – o‘zbek detektivi asoschisi





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

San’at

16:08 / 28.08.2021 8 22036
Dunyoning eng mashhur va qadimiy besh muzeyi

//