Odamlar hech qachon o‘lmaydigandek yashaydilar – Konsta qanday kitoblarni tavsiya qiladi


Saqlash
00:13 / 27.12.2022 7824 5

Assalomu aleykum, Insonlar! Siz bilan Konsta.

 

Bu esa mendan 10 ta kitob tavsiyasi.

 

O‘zimni yosh kitobxon deb hisoblayman, shu sababdan birinchi navbatda sarguzasht janridan gapiraman. Bu mening sub’yektiv fiklarim va bundagi raqamlar faqatgina tartib uchun. Sizga tavsiya etayotgan kitoblarimning hammasi o‘zgacha va hayotimda alohida o‘rin egallagan.

 

1. Roberts Gregori Devidning “Shantaram” asari.

 

 

Asar sarguzasht janrida va bir qarashda sarguzashtlar “kattalar uchun ertaklar” deyilishiga qaramay, Linbaba (roman bosh qahramoni) ning hayoti anchagina hayotiy masalarda o‘ylab ko‘rishga arzigulik fikrlar uyg‘otadi. Kitobning davomi “Tog‘ soyasi” syujet yo‘llarida qolgan barcha savollarga javob berishga harakat qiladi.

 

Asarni o‘qirkansiz, beixtiyor Mumbay (roman syujeti asosan shu yerda sodir bo‘ladi) shahriga bog‘lanasiz, Hindistonni – aynan Mumbay shahrini va Linbaba, ya’ni asar muallifi Roberts Gregori Devid (bosh qahramon hayoti muallifni biografiyasi o‘zagidan yozilgan) yurgan ko‘chalarni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rgingiz keladi.

 

Davomida xayolimni “antiutopiya” yo‘nalishi egallab oldi va u haqida yozmaslik yolg‘on bo‘lardi:

 

2. Jorj Oruell, “1984”.

 

 

Klassika. Katta og‘a hammani kuzatadi, bilish kerak, o‘qish kerak va tamom! “Urush bu – tinchlik, ozodlik bu – qullik, bilmaslik esa – kuchdir”. Asardagi qisqa va sodda jumlalar orqasida sayyoradek og‘ir mazmun sig‘dirilgan go‘yo.

 

3. Yana Jorj Oruell, “Molxona”.

 

 

Aytgancha, Jorj Oruellning “1984” kitobi sobiq Sovet Ittifoqida ta’qiqlangandi, qizig‘i shundaki, “Molxona” asari, nazarimda, aynan SSSR haqida gapirayotganga o‘xshaydi.

 

4. Rey Bredberi, “Farengeyt bo‘yicha 451 daraja”.

 

 

Eng qiziq asarlardan biri. Kitobsiz hayotning haqiqiy ko‘rinishi fantastik syujetga o‘ralgan holida. Kuni bilan televizor. O‘ylash kerak emas, kitob o‘qish esa mumkin emas! Haqiqiy antiutopiya.

 

Endi ozgina lirik chekinish qilamiz. Bu yo‘nalishda o‘zim uchun Erix Maria Remark va Holid Husayniyni kashf qildim.

 

5. Xolid Husayniy, “Ming quyosh shu’lasi”.

 

 

Juda og‘ir, bu asar negizida haqiqat yotganini his qilish yanada og‘ir. Tinchlik topmagan Kobul. Minglab singan taqdirlar va minglab porlagan quyoshlar.

 

6. Xolid Husayniy, “Shamol ortidan yugurib”.

 

Yana o‘sha Кobul, yana o‘sha og‘ir qismatlar. Menimcha, biz uchun kimgadir hamdardlik bildirish, taskin berish muhim. Balki aynan og‘ir taqdirlar bizni shukur qilishga undar?

 

7. Erix Maria Remark, “Qarzga olingan hayot”.

 

 

Bu asardan ruhlanganman va “Nomsiz tuyg‘u” nomli trekimni ijod qilganman. Ha, kitobni o‘qish mobaynida sizni allaqanday nomsiz tuyg‘u qoplab oladi.

 

 

Odamlar hech qachon o‘lmaydigandek yashaydilar...

Remark, "Qazrga olingan hayot"

 

 

O‘zbek tilidagi asarlarga keladigan bo‘lsak, odamni o‘ylantiradigan kitoblardan biri:

 

8. O‘lmas Umarbekov, “Odam bo‘lish qiyin”.

 

 

Bu kitob insonni behisob ichki konfliktlarga olib keladi, lekin aynan shunaqa aql va yurak, vijdon va shaxsning behisob baxslari natijasidagina “odam bo‘lish” mumkin. Aynan shu va bundan keyin tavsiya etiladigan asardan ruhlanib “Odam bo‘lish” nomli trekim yozilgan.

 

9. “Odam bo‘lish” haqida gap ketarkan, Entoni Byordjessning “Burama apelsin” (Clockwork Orange) asarini eslamay bo‘lmaydi.

 

 

Bu asar “Odam bo‘lish” trekim, keyinchalik umumiy “Inson” albomiga olib kelgan izlanishlarimning triggeri desa ham bo‘ladi. Hamma narsa qanday qarashga bog‘liq bo‘lsa – bu kitob sizning qarashlaringizga qattiq ta’sir qiladi.

 

Oxirida esa, keling, dunyo kabi eski bir mavzu bilan tugatamiz. Moddiy tomondan havotirsiz qarish – hammamizga kerak.

 

 10. Jorj Samyuel Kleyson, “Vavilonlik eng boy odam”.

 

 

Oddiy qoidalar va sodda misollar. Qarz munosabati. Pul munosabati va eng muhimi, hamkorlik, qarz berish va pulni sarmoya qilish mavzulari. 5 ming yil oldingi holatlarda aks ettirilgan bu hodisalar bugungi kunda ham ahamiyatlidir.

 

E’tibor uchun rahmat! Bu kitoblar Sizga ham yoqib tushadi va qaysidir ma’noda yordam beradi, degan umiddaman.

 

Sharif ABDULLAYEV

5 Izohlar

Jamshidbek

12:01 / 01.01.1970

Assalamu alaykum raxmat tavsiya uchun ayrimlarini oqiganman yana qysi kitoblarni tanlashni bilmay yurgan edim endi nimanidir organsa boladi raxmat yana bir bor.

Ezoza

12:01 / 01.01.1970

Rahmat maslaxatiz uchun yana szni qowiqlarizga tegiwli kitoblar bormi mativatsion kitoblar bolsa yaxwi bolardi

Maftuna

12:01 / 01.01.1970

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. Tavsiyalar uchun rahmat. Koʻpini oʻqib chiqganman juda ajoyib yozilgan. Ijodingizni kuzatib boraman va harbir chiqargan treklaringizni sevib tinglayman.Ijodingizga omad🤲🤲🤲😊😊😊😊😊😊😊😊😊😊😊😊😊😊😊

Sevinch

12:01 / 01.01.1970

Koʻp kitob mutolaa qiligan inson juda aqlli va hayotning turli xil toʻsiqlarini sabr bilan yengib oʻtoladi.Ijodingizga omad tilayman👍👍👍

Abror

12:01 / 01.01.1970

Rahmat Sharif aka tavsiyalar uchun. Koʻpini oʻqigan ekanman va qolganlarini navbatga kiritib qoʻydim. Instagram yoki telegramda ham kitoblar haqida suhbat uyishtirsangiz ancha yaxshi boʻlardi menimcha. Siz tufayli kitobxonlar koʻpayardi. Axir Choʻlpon bekorga aytmaganku "Millatni uygʻotish uygʻonganlarning ishi " deb.

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

San’at

16:08 / 28.08.2021 8 23620
Dunyoning eng mashhur va qadimiy besh muzeyi

//