Bu azaliy haqiqat bugungi kunda o‘z mohiyati bilan yanada chuqur ahamiyat kasb etayotgani shubhasiz. Zero, Vatanimiz dunyo e’tiborli mamlakatlari qatorida o‘z qaddi, qadrini tiklab borayotgan davrda ona tilimizga ehtirom, uni yaxshi bilish va e’zozlash, davlatning va millatning yuzi darajasida jahoniy nufuzini mustahkamlash masalasi benihoya dolzarbdir.
Mana, necha kundurki, mamlakatimizda “Til bayrami kuni” keng nishonlanmoqda, yoshi ulug‘ avlod uchun til bayramini nishonlash emas, balki tilimizni o‘z yurtimizda munosib maqomida ko‘rish ham armon bo‘ldi.
Ushbu ulug‘ bayram munosabati bilan hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning xalqimizga yo‘llangan tabrigi, undagi samimiy e’tirof, tilak, yangi rejalar o‘zbek tili mehr-muhabbatini onaga ehtirom kabi diliga joylaganlar qalbida aks-sado berayotgandek. Yurtboshimiz ona tilimizni rivojlantirish yo‘lida olib borilayotgan ulkan ishlarni faxr bilan aytib o‘tar ekanlar, barchaning, inchunin biz ijodkorlarning qalbi yana bir bor shukronaga to‘ldi, to‘lqinlanib tingladik. Darhaqiqat, mustaqillik davrida, ayniqsa, so‘nggi yillarda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami va natijalari hammamizning ko‘z o‘ngimizda, oldinga katta rejalar qo‘yildi. Prezidentimiz o‘z nutqlarida aytganlaridek: “Yangi O‘zbekistonni har tomonlama taraqqiy ettirish, Uchinchi yuksalish davri poydevorini yaratishga qaratilgan tarixiy islohotlar jarayonida o‘zbek tilini rivojlantirish bo‘yicha belgilab olgan vazifalarimizni izchil davom ettirishimiz lozim”.
Men Marg‘ilondagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi murabbiyiman. Yosh avlodning ta’lim-tarbiyasiga mas’ul inson sifatida davlatimiz rahbarining “Bugungi kunda yoshlarimizning dunyoqarashi, odob-axloqi va nutq madaniyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan illatlar, ayniqsa, turli elektron vositalar orqali tobora kuchayib borayotgan ma’naviy tahdidlarga qarshi ma’rifat va ilm bilan samarali kurash olib borish hayotiy zaruratga aylangan”, degan so‘zlaridan ota-onalar, ustoz-murabbiylarga ham mas’uliyat, ham ishonch ortadi. Biz chindan ham o‘quvchi yoshlarimizning ilm olishi bilan birga o‘z tiliga hurmati, sadoqati cheksiz bo‘lishi uchun ularni adabiyot, ma’naviyat, madaniyat durdonalari, ibratlari bilan oshno, dildosh etishimiz kerak.
Yurtboshimiz “Fursatdan foydalanib, milliy o‘zligimiz va g‘ururimiz timsoli bo‘lgan ona tilimizni asrab-avaylash va rivojlantirishdek sharafli ishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan barcha fidoyi vatandoshlarimizga chin qalbdan minnatdorlik bildiraman”, deya tilimiz sofligi chin dildan izlanib, zahmat-u fidoyilik bilan mehnat qilayotganlarga alohida ehtirom bildirdilar. Bugungi bayram, Yurtboshimizning samimiy tabriklari barchamizni ana shu fidoyilar safida bo‘lishga chorlab turibdi.
O‘ktamxon SOLIYEVA,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi
Tarix
Jarayon
Tarix
Jarayon
Adabiyot
Ma’naviyat
Til
Jarayon
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Tarix
Tarix
Din
San’at
//
Izoh yo‘q