Ulkan mas’uliyat yuklagan tabrik


Saqlash
18:10 / 21.10.2022 1452 0

Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi hamda Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan Davlatimiz Rahbari butun xalqimizga yoʻllagan tabrigini katta hayojon bilan qarshi oldik. Ayniqsa, quyidagi soʻzlar bizni soha vakili sifatida toʻlqinlantirib yubordi: “Hammamizga ayonki, koʻp millatli xalqimizni yuksak maʼrifatli jamiyat barpo etishdek ezgu maqsad yoʻlida jipslashtirish, yurtdoshlarimiz qalbiga yagona Vatan, umumiy farovon kelajak tuygʻusini singdirishda oʻzbek tili birlashtiruvchi ahamiyatga egadir.

 

Shu bois, Yangi Oʻzbekistonni har tomonlama taraqqiy ettirish, Uchinchi yuksalish davri poydevorini yaratishga qaratilgan tarixiy islohotlar jarayonida oʻzbek tilini rivojlantirish boʻyicha belgilab olgan vazifalarimizni izchil davom ettirishimiz lozim”.

 

Davlatimiz Rahbarining ushbu soʻzlari zimmamizga yanada katta masʼuliyat yuklamoqda. Sababi Uchinchi yuksalish poydevorini yaratish jarayonlarida oʻzbek tilini rivojlantirish masalasi oldimizga vazifa qilib qoʻyildi.

 

Soʻnggi yillarda davlat tili rivoji yoʻlida tub burilish boʻldi, desak, yanglishmaymiz. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-5850-son Farmoniga binoan ona tilimizning istiqboldagi taraqqiyotiga oid koʻplab masalalar oʻz yechimini topmoqda.

 

Bugungi kunda ona tilimizni asrab-avaylash, uni har tomonlama rivojlantirish, til siyosatining eng quyi boʻgʻinlargacha yetib borishini taʼminlash maqsadida vazirlik, idora hamda xoʻjalik birlashmalarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha rahbar oʻrinbosariga tenglashtirilgan maslahatchi lavozimi joriy etildi. Muhtaram yurtboshimizning davlat tiliga boʻlgan eʼtibori natijasida har bitta katta-kichik rahbarning ona tilimizga boʻlgan munosabati tubdan oʻzgardi. Xususan, “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida ham ushbu lavozim joriy etildi.

 

Vazirlar Mahkamasining “Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 20-yanvardagi 34-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini samarali taʼminlash maqsadida “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi 7 ta korxonada: “Navoiyazot” AJ, “Fargʻonaazot” AJ, “Maxam-Chirchiq” AJ, “Ammofos-Maxam” AJ, Dehqonobod kaliy zavodi” AJ, “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ va “Qizilqum fosforit kompleksi” masʼuliyati cheklangan jamiyatlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha boshqaruv raisi maslahatchisi lavozimi joriy etildi va ushbu lavozimga tanlov asosida saralangan xodimlar tayinlandi. Ushbu boshqaruv raisi maslahatchilari korxonalarda davlat tilini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilishi belgilangan tadbirlar rejasiga koʻra faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, tarmoq tashkilotlari maslahatchilari korxonalari rahbarlarining, koʻp ming sonli ishchi-xodimlarning davlat tili boʻyicha malakasini oshirish, ish yurituvidagi barcha hujjatlarning lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida boʻlishni taʼminlash ishlarida jonbozlik koʻrsatmoqda.

 

Kimyo sanoati tarmogʻida davlat tilida ish yuritish boʻyicha amalga oshirgan ishlarimiz yuksak baholanib, bugun “Qadring baland boʻlsin, ona tilim!” respublika tanlovining “Davlat tilida ish yuritish yoʻlga qoʻyilgan eng yaxshi tizim” yoʻnalishida vazirlik, idora, xoʻjalik birlashmalari orasida faxrli 2-oʻrinni egalladik. Bu yutuq bizga ham faxr, ham katta mas’uliyat hissini yukladi.

 

Shuningdek, “Fargʻonaazot” AJ xodimi Vladimirovich Oleg Zdobnikov oʻzbek tiliga boʻlgan cheksiz hurmati va mehri uchun Vazirlar Mahkamasining maxsus faxriy yorligʻi hamda qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandi.

 

Sanobar ABDURAHMONOVA,

“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi maslahatchisi

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi

Ma’naviyat

18:04 / 18.04.2024 0 180
Ey qarindoshlar!





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Adabiyot

18:04 / 05.04.2024 0 19171
Yaponiya sotuvga qo‘yiladi

San’at

11:08 / 28.08.2021 7 15990
Dunyoning eng mashhur va qadimiy besh muzeyi