Istaklarimiz – tinch va farovon yashash


Saqlash
11:09 / 14.09.2022 1049 0

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining bosh maqsadi – davlat mustaqilligi va suverenitetini, xalqaro maydondagi oʻrni va rolini mustahkamlash, yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qoʻshnichilik muhitini shakllantirish, davlatning tashqi iqtisodiy manfaatlarini faol tarzda ilgari surishdan iborat. Ana shu maqsadda bugungi kunga qadar Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilib kelinayotgan faol, chuqur oʻylangan va ochiq tashqi siyosati tufayli Oʻzbekistonning xorijiy davlatlar bilan hamkorligi yildan yilga ham oshib ham mustahkamlanib bormoqda. Oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralar hamda doʻstona munosabatlari haqida dunyo davlatlarining ommaviy axborot vositalarida alohida eʼtirof etilmoqda.

 

Hozirgi davrda dunyo mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti oʻzining maʼno-mazmuni jihatidan oldingi bosqichlardan keskin farq qiladi. Bunda eng asosiy va muhim jihat – milliy iqtisodiyotlarning pandemiya sabab jiddiy zarar yetishi boʻlmoqda. Ayni paytda bu jarayonlar xalqaro maydondagi raqobatning ham keskinlashuviga, har bir mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi oʻz mavqeini mustahkamlash uchun kurashining kuchayishiga ham taʼsir koʻrsatmoqda. Mazkur masalalarni birgina davlatning oʻzi hal etolmasligini Davlatimiz rahbarining “Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti: oʻzaro bogʻliqlikdagi dunyoda muloqot va hamkorlik” sarlavhali maqolasida alohida taʼkidlanib, koʻhna Samarqandda boʻlishi kutilayotgan SHHT yigʻilishida davlatlarning hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan shior eʼlon qilindi. «Bizning asosiy shiorimiz – «Har birimiz kuchli boʻlsakkina SHHT kuchli boʻladi». Mazkur yigʻilishdan koʻzlangan maqsad davlatlarning hamkorligini mustahkamlash bilan birga kuchli boʻlishga daʼvat etilmoqda. Yigʻilishda kutilayotgan 30 dan ortiq xalqaro shartnomalar imzolanishi – bu SHHTga aʼzo davlatlarning har biri ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, madaniy va maʼnaviy yuksalishiga xizmat qiladi. Davlatlarning qanchalik hamkorligi mustahkam boʻlsa, yuksalish ham shunchalik yuqori boʻladi. Oʻylaymizki, mazkur yigʻilish sabab davlatlarning doʻstona munosabatlari yanada mustahkamlanadi.

 

Ayni vaqtda yana bir haqiqatni ham hech qachon esimizdan chiqarmasligimiz kerak. Eng katta, bebaho boyligimiz boʻlgan tinchlikka raxna solish, turli xalqlar oʻrtasida urush olovini yoqish, milliy va diniy ziddiyatlarni avj oldirishga urinayotgan kuchlar ham yoʻq emas. Bunday yovuz kuchlarga qarshi kurashishda davlatlarning doʻstona munosabatlari katta rol oʻynaydi. Ushbu masalalar ham yigʻilishda muhokama qilinishi kutilmoqda. Tinch boʻlgan davlatda xalq farovonligi taʼminlanadi. Tinch, farovon yashagan xalqgina hayotidan rozi boʻlib, qoʻllari duoda, shukronasi tili va amalida boʻladi. Hammamizning istagimiz – shu.

Munira KAXAROVA

Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar

instituti direktori oʻrinbosari, f.f.d (PhD)

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Adabiyot

18:04 / 05.04.2024 0 19460
Yaponiya sotuvga qo‘yiladi

San’at

11:08 / 28.08.2021 8 16847
Dunyoning eng mashhur va qadimiy besh muzeyi