Oyina.uz portali 100 kun mobaynida oʻzbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA OʻQISHI SHART BOʻLGAN 10 KITOB” tavsiyasini berib boradi.
Loyihaning 18-kuni rejissor, ssenarist Shokir Xoliqov “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi:
1. Qur'oni karim
2. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, "Hadis va hayot" to'liq to'plami
3. Tolstoy, “Iqrornoma” asari
4. Chingiz Aytmatov, “Asrga tatigulik kun” romani
5. Dostoyevskiy, “Jinoyat va jazo” romani
6. Ekzyuperi, “Kichkina shahzoda” asari
7. Jaloliddin Rumiy, "Ichindagi ichindadir" asari
8. Knut Gamsun, “Ochlik” romani
9. Remark, “Uch og'ayni” romani
10. Ernest Hemenguey, “Chol va dengiz” asari
Shokir Xoliqov 1992-yili Surxondaryo viloyati Sho’rchi tumanida tug’ilgan. Dunyoning turli mamlakatlarida o‘tkazilgan yuzdan ortiq festival ishtirokchisi va qirqdan ortiq turli nominatsiyalar g‘olibi. (2016-2023) "Bizni tushunishmaydi", "Dilemma", "Choy"," Messi" qisqa metrajli filmlari, "Dunyo virus inson tabiat" "Bahorsiz umr" qisqa metrajli hujjatli filmi, "Qiz va Bulut" qisqa metrajli animatsion filmi va "Yakshanba" badiiy filmlari ssenaristi va rejissyori.
Rejissyorning "Choy" filmi Fransiyaning Kann shahridagi “Entr'2 Marches” festivalida “Gran-pri” mukofatini qo‘lga kiritgan.(2019) "Messi" qisqa metrajli badiiy filmi esa Qozog‘istonda o’tkazilgan “48 hour film race” xalqaro kinofestivalida “Eng yaxshi film” nominatsiyasi g‘olibi, Amerika New York Film Academy da o’qish uchun yo’llanma va “Eng yaxshi drama” mukofotlari sohibi. (2021) "Qiz va bulut" Qisqa metrajli animatsion filmi Yaponiyadagi “21 – DigiCon 6 Asia” kinofestivalida “Mintaqaning oltin filmi” va “Festivalning oltin filmi” mukofotlari bilan taqdirlangan.(2021) “Yakshanba” filmi Xitoydа bo’lib o’tadigan A toifadagi “Shanghai International film festival”da Osiyoning yangi talantlari yo’nalishida “Eng yaxshi film” deya topilib, festivalning oliy mukofoti “Oltin kubok” bilan taqdirlangan (2023).
Adabiyot
Til
Adabiyot
Adabiyot
Jarayon
Til
Til
Jarayon
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Tarix
Tarix
Din
San’at
//
1 Izoh
Абдумалик
11:07 / 25.07.2023
OʻZBEKISTONda kino oʻlgan deymiz lekin shunday yoshlarga yoʻl ochib berish kerak hali etti yil ichida shuncha mukofot olib Oʻzbek nomni shuncha joyga tanitgan boʻlsa demak kelajakda Hollivud yoki Bollivudda OʻZBEK filmlari har bir mukofot uchun nomzodini qoʻyin tursa ajabmas