
Madaniyat
Bugun “Ipak yoʻli durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida oʻtkazilgan “Kino 5 kunda” xalqaro tanlovi gʻoliblari kinofestivalning yopilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Marosim avvalida sanʼat vakillari qizil yoʻlkadan birin-ketin oʻtishdi.
Shundan soʻng yaponiyalik ijodkor Takeshi Kitano hamda yana bir taniqlik ijodkor Kshishtof Zanussi “Jahon kinematografiyasiga qoʻshgan hissasi uchun” taqdirlandi. Shuningdek, “Kinematografiya fidokori” koʻkrak nishoni ham oʻz egalariga topshiriladi.
Tadbir davomida “Kino 5 kunda” xalqaro tanlovi gʻoliblari ham eʼlon qilindi. Ular:
1-oʻrin: Temur Murodov boshchiligidagi ijodiy guruh “Kaseta” qisqa metrajli filmi uchun 15 ming AQSH dollari pul mukofoti (Oʻzbekiston)
2-oʻrin: Nariman Taktakulova va uning ijodiy jamoasi “Tuproq” qisqa metrajli filmi uchun 10 ming AQSH dollari pul mukofoti (Qirgʻiziston)
3-oʻrin: Feliks Kalmenson va uning ijodiy jamoasi “Quyosh uchun” filmi uchun 7 ming AQSH dollari pul mukofoti (Kanada)
Tadbir soʻngida mashhur xonandalar tomonidan konsert dasturi taqdim etildi. Barcha qatnashchilar unutilmas shouga guvoh boʻlishdi.
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q