Oʻzbekistonlik kino ixlosmandlari uchun Takeshi Kitano bilan jonli, Jonni Depp bilan onlayn uchrashdi

Saqlash
18:09 / 18.09.2022 625 0

“Ipak yoʻli durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida mashhurlar turli master-klasslar tashkil etildi. Xususan, ular orasida taniqli yaponiyalik rejissyor Takeshi Kitano hamda aktyor va kinorejissyor Jonni Depp bor. 

 

Rejissyor va isteʼdodli ssenariynavis, zamonaviy kinoning eng koʻzga koʻringan namoyandalaridan biri Takeshi Kitano bilan uchrashuv oflayn tarzda tashkil etildi. 


“Bugungi kunda odamlar filmlarni gadjetlarining kichik ekranlarida tomosha qilishni afzal koʻrishadi. Men filmlarni kinoteatrlarda, katta ekranlarda tomosha qilishingizni iltimos qilib qolaman. Siz u yerda filmni, unga xos boʻlgan maʼnoni butunlay boshqacha idrok etasiz”,  dedi Takeshi Kitano.

 

Shuningdek, kino ixlosmandlari uchun real voqealarga asoslangan Amerika dramasi boʻlgan “Minamata” filmi namoyishi boʻlib oʻtdi. Filmda Jonni Depp (u ham prodyuserlik qilgan) amerikalik fotograf Smit rolini oʻynagan, filmda u simobdan zaharlanishning Minamata, Kumamoto, Yaponiya aholisiga taʼsirini koʻrsatib bergan. 

 

 

Film namoyishidan soʻng kinoijodkorlar va aktyor Jonni Deppning tomoshabinlar bilan onlayn ijodiy uchrashuvi boʻlib oʻtdi. 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish