Fargʻonada 30 nafarga yaqin bogʻcha tarbiyalanuvchilari kasalxonaga yotqizildi

Saqlash
09:09 / 16.09.2022 498 0

Fargʻona viloyati prokuraturasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Oltiariq tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotida 41 nafar bola zaharlangani haqidagi xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.


14-sentyabr kuni soat 18:00 larda Oltiariq tumani tibbiyot birlashmasiga tumandagi 39-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyalanayotgan 8 nafar voyaga yetmaganlar alimentar diareya (nomutanosib ovqatlanish oqibatida ovqat hazm qilish tizimining buzilishi) birlamchi tashhisi bilan yotqizilgan. Hozirda bemorlarning umumiy holati qoniqarli.


Keyingi kun esa 33 nafar ushbu muassasa tarbiyalanuvchisining ota-onalari farzandlarining salomatligini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish maqsadida tibbiyot muassasasiga murojaat qilishgan. Ularda kasallik alomatlari aniqlanmagan. 20 nafari kuzatuv ostida shifoxonada qoldirilib, 13 nafari shifoxonadan chiqarilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan hozirda Oltiariq tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda. Ekspertiza tekshiruvi uchun tegishli namunalar olinib, sud-tibbiy ekspertizalari tayinlangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish