Toshkent xalqaro aeroportida rekonstruksiyadan soʻng uchta avtoturargoh ochildi

Saqlash
10:09 / 13.09.2022 451 0

Toshkent xalqaro aeroportida uchib kelish zali oldida 175 oʻrinli yangi avtoturargoh qurildi va mavjud 122 oʻrinli avtoturargoh rekonstruksiya qilindi.

 

Qayd etilishicha, aeroport oldi hududining yangi loyihasiga asosan avtoturargohlardagi joylar soni 187 foizga — 336 tadan 630 tagacha koʻpaytirildi. Ketish va kelish zallari orasidagi yopiq avtoturargoh mehmonxonaga va mehmonxonadan tashishni amalga oshiruvchi turistik avtobuslar va mikroavtobuslar uchun ajratiladi.


Boshqaruv kompaniyasi tomonidan toʻxtash joyi lokatsiyasi va toʻxtab turish davomiyligini (soat, kun) hisobga olgan holda tariflar oʻrnatildi. 

 

Xususan, eng yaqin uchta avtoturargohda bir soat (uchib kelish, uchib ketish, IBK “Toshkent-AERO”) turish 10 000 soʻm boʻladi. Olisdagi uchta avtoturargoh uchun (“Uchish kompleksi”, “Ruxsatnomalar berish byurosi” va “Yashil zona”) — 5 000 soʻm. Shu bilan birga, barcha avtoturargohlarda dastlabki 10 daqiqa bepul boʻladi. Masalan, estakada yopiq boʻlsa, taksilar, shuningdek, shaxsiy avtomobillar yoki turistik avtobuslar uchib ketish zalidagi toʻxtash joyiga mutlaqo bepul kirib, yoʻlovchini qoldirishlari mumkin boʻladi. Kunlik toʻlov eng yaqin avtoturargohlarda 100 000 soʻm, olisdagi avtoturargohlarda 50 000 soʻm etib belgilandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish