Jamiyat
Qirgʻizistonning Oʻsh va Oʻzbekistonning Andijon shaharlari oʻrtasida 9-sentyabrdan avtobus qatnovi tiklandi. Bu haqida Oʻsh viloyati hokimligiga tayanib, “Manas news” xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, ushbu yoʻnalish boʻyicha qatnov 2019-yil kuzida ishga tushgan, biroq bir necha oy oʻtib pandemiya tufayli toʻxtatilgan. Hozirda yoʻnalish boʻylab harakatlanish uchun oʻnga yaqin mikroavtobus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.
Chegara orqali oʻtishni tezlashtirish uchun davlatlar “yashil yoʻlak”ni joriy etishga kelishib olgan. Shaharlar orasidagi masofa 45 kilometrni tashkil qiladi.
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
112452
Jamiyat
95116
Jamiyat
91358
Jamiyat
76036
Jamiyat
//
Izoh yo‘q