Kadastr xizmatlari boʻyicha muammolar tugʻilmoqda. Agentlik bayonot bilan chiqdi

Saqlash
09:09 / 13.09.2022 466 0

Ijtimoiy tarmoqlarda kadastr agentligi xizmatlaridan foydalanganlik uchun toʻlov qilishda muammolar yuzaga kelayotgani toʻgʻrisida xabarlar tarqalmoqda.

 

Yuqoridagi holat boʻyicha Kadastr agentligi tushuntirish berdi.

 

Unda aytilishicha, kadastr xizmatlaridan Davlat xizmatlari markazi (DXM), Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) my.gov.uz hamda notariuslar orqali foydalanish mumkin.

 

Kadastr agentligi bu yoʻnalishda ATB “Universalbank” bilan hamkorlikda ishlab kelmoqda.

 

Banklararo universal tarmoqli axborot tizimi (Munis) toʻlov tizimi hamda ATB “Universalbank” orqali amalga oshirilgan bank operatsiyalar natijalarini solishtirish ishlari olib borilayotganligi sababli kadastr xizmatlaridan Notarius orqali foydalanganda toʻlov qilish vaqtincha toʻxtatilgan. Bu haqda ATB “Universalbank” maʼlum qildi, deyiladi agentlik bayonotida.

 

Bank nosozliklarni tez fursatlarda bartaraf etishi va tizimni ishga tushirishini maʼlum qilindi.

 

Ushbu holatga invoysning hech qanday aloqasi yoʻqligi taʼkidlab oʻtilgan.

 

Maʼlumot uchun, yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz va Davlat xizmatlari markazlari orqali yuborilgan arizalarning toʻlovlarida muammolar yoʻq.

 

Fuqarolarimiz yuqoridagi nosozliklar bartaraf etilgunga qadar kadastr xizmatlaridan DXM va YAIDXP (my.gov.uz) orqali foydalanishlari va toʻlov qilishlari mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish