Ilm-fan
Energetika vazirligi huzurida Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutida quyosh energiyasidan foydalangan holda elektromobillarni yuqori tezlikda zaryadlovchi qurilmalarni yaratish va rivojlantirish loyihasi amalga oshirilmoqda. Bu haqida vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.
Xususan, Oʻzbekiston iqlim sharoitini hisobga olgan holda energiya saqlash tizimiga ega boʻlgan quyosh fotoelektr tizimi orqali mahalliy elektr tarmogʻi bilan parallel holda ishlaydigan elektromobillarni tez zaryadlash qurilmasi ishlab chiqildi.
Taʼkidlanishicha, har bir tizim yiliga 32 ming kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarib, 950 ta elektromobni zaryadlash imkoniyati yaratiladi hamda 11,2 ming kub metr tabiiy gaz tejalib, atmosferaga 19,8 tonna zararli gazlar chiqishining oldi olinadi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q