Siyosat
Fermerlar va klasterlar foydalanishidagi paxta va gʻalladan qisqartirilgan hamda aholi punktlariga yaqin va suv taʼminoti yaxshi boʻlgan yerlardan 2022-yil yakunigacha qoʻshimcha 20 ming gektar – umumiy 100 ming gektar ekin maydonlari, 2023-yilda 95 169 gektar ekin maydonlari aholiga ochiq elektron tanlov orqali ijaraga beriladi. Bu haqida Prezidentning tegishli qarori qabul qilindi.
Bunda ekin maydonlari 30 yil muddatga:
2022–2023-yillarda ekin maydonlarini aholiga berish uchun oʻtkaziladigan tanlovda 1 ta talabgor ishtirok etsa ham, istisno tariqasida, tanlov oʻtkazilgan hisoblanadi.
Issiqxona rivojlangan tumanlarda dehqon xoʻjaliklariga ajratib berilgan ekin maydonlarida isitish tizimlarini oʻrnatmagan holda yengil konstruksiyali issiqxonalar qurilishiga ruxsat beriladi.
“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan aholiga dehqon xoʻjaligini uchun yer tanlov orqali ijaraga berilganda, ular daftarlardan chiqarilmaydi va ular uchun barcha imtiyoz va preferensiyalar bir yilga saqlab qolinadi.
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
112452
Jamiyat
95116
Jamiyat
91358
Jamiyat
76036
Jamiyat
//
Izoh yo‘q