Yurtimiz bo‘ylab ma’naviyat kunlari bo‘lib o‘tmoqda

Saqlash
11:09 / 10.09.2022 748 0

Shu kunlarda bugun O‘zbekiston bo‘ylab ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda. Unda ijodkorlar, ziyolilar, san’at va madaniyat vakillari ishtirok etyapti. 

 

 

Jumladan, Termiz tumanidagi “Qo‘ng‘irot”  mahallasida “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida  tadbir bo‘lib o‘tdi. Dastlab, “Qahramon” mahallasidagi 5-sonli umumta’lim maktabida 150 nafardan ortiq aholi vakillari hamda poytaxtdan kelgan san’atkorlar ishtirokida  ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Kunning ikkinchi yarmida tumandagi 31-sonli umumta’lim maktabida “Qo‘ng‘irot” va “Muhiddin Eshmatov” mahallalari aholisi uchun  badiiy-musiqiy tadbir tashkil etildi. Unda yig‘ilganlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

 

 

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda “Ma’naviyat festivali” ham ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda. Boysun tumanidagi “Avlod”, “Hunarmand” va “Ko‘chkak” mahallalari aholisi ishtirokidagi uchrashuv yorqin taassurotlarga boy bo‘ldi.

 

“Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, shoir Bobur Bobomurod vatanparvarlik ruhidagi she’rlaridan o‘qib berdi, shuningdek, she’riyatga ixlosmand o‘g‘il-qizlar bilan suhbatlashib, ularning she’riy mashqlaridan namunalar ham tinglandi. Tadbir davomida elimiz suygan san’atkorlarning chiqishlari ham barchaga manzur bo‘ldi.

 

 

Jarqo‘rg‘on tumanida joylashgan 3-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvda 300 nafardan ortiq aholi vakillari ishtirok etdi. “Beshbuloq” mahalla ahli poytaxtdan kelgan ziyolilar,  san’atkorlar bilan dildan suhbatlashib, bunday uchrashuvlardan mamnun bo‘layotganliklarini bildirdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish