Jamiyat
Qonunda asosiy tushunchalar qatoriga axloqsiz reklama, nomaqbul reklama, ragʻbatlantiruvchi aksiya kabi yangi tushunchalar ham kiritildi.
Qonunga koʻra, Oʻzbekistonda reklama davlat tilida tarqatilishi va reklama mazmunining boshqa tillardagi tarjimasi matni uning davlat tilidagi asosiy maʼnosini buzib koʻrsatmasligi kerak.
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi reklama aylanishi sohasida vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Davlat mulki boʻlgan yer uchastkalari, bino va inshootlarga tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatishga boʻlgan huquq yagona elektron savdo maydonchasi orqali ochiq elektron auksionlar asosida 5 yil muddatga beriladi.
Qonunga koʻra, quyidagilar taqiqlanadi:
ona sutining oʻrnini bosuvchi mahsulotlarni reklama qilish;
taʼlim muassasalarida foydalaniladigan bosma nashrlar (darsliklar, kundaliklar, daftar va boshqalar)da tovarlarni reklama qilish;
narxlarni (tariflarni) chet el valyutasida koʻrsatish;
bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda axborot mahsulotini yosh tasnifini koʻrsatmasdan reklama qilish;
milliy va oilaviy anʼanalarga, shuningdek axloq va maʼnaviyatning umum qabul qilingan normalariga zid boʻlgan shakllar, iboralar va obrazlardan foydalanish;
energetik ichimliklarning reklamasini soat 7:00 dan soat 22:00 gacha televideniye va radio orqali reklama qilish;
tamaki mahsulotlarini hamda tamakini va nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini reklama qilish.
Bundan tashqari, dori vositalarini reklama qilishda taniqli shaxslarning, tibbiyot xodimlarining yoki tashqi koʻrinishi shifokorlarning tashqi koʻrinishiga oʻxshash shaxslarning ishtirok etishi taqiqlanadi.
Shuningdek, alkogol mahsulotlari reklamasiga yoʻl qoʻyilmaydi, ammo Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan pivo, tabiiy va koʻpiklanadigan vinolarni reklama qilishga ayrim hollarda yoʻl qoʻyiladi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q