Jamiyat
Samarqand viloyatining Urgut tumanida avtomobil yoʻlida xavfli manyovrlar qilib harakatlangan haydovchilar javobgarlikka tortildi, deb xabar beradi viloyati IIB axborot xizmati.
Ijtimoiy tarmoqlarda Urgutda mashinalarni guruh-guruh boʻlib, manyovr bilan boshqarayotgan haydovchilarning videosi tarqalgandi. Videoda bir nechta “Lacetti” avtomobili boshqa haydovchilarga xalaqit bergan holda, avariyali holatni yuzaga keltirib harakatlanganini koʻrish mumkin edi. Ularning baʼzilari drift ham uyushtirgan boʻlsa, ayrimlari, katta tezlikda qayrilib olish manyovrlarini bajargan.
Jinoyat ishlari boʻyicha Urgut tuman sudi tomonidan ushbu shaxslar nisbatan ishlar koʻrib chiqilgan. Sud qaroriga koʻra, guruh-guruh boʻlib, manyovr bilan boshqargan 11 nafar haydovchilarrning 8 nafariga 15 sutkadan, 3 nafariga 10 sutkadan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.
Siyosat
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
109992
Jamiyat
94292
Jamiyat
90147
Jamiyat
73429
Jamiyat
//
Izoh yo‘q