Jamiyat
AOKAda 9-sentabr kuni Talabalarni turar joy bilan taʼminlash, ijara va toʻlov-kontrakt masalalari mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
Maʼlum qilinishicha, bugungi kunda oliy taʼlimi muassasalari soni 2016-yildagi 77 tadan 177 taga yetdi. Talabalar kontingenti esa 200 mingdan 1 millionga yetib, 5 baravarga oshdi. Hozirda 113 ta davlat oliygohining birgina kunduzgi taʼlim shaklida ilgarigi 80-100 ming talaba oʻrniga 500 mingdan ortiq talaba oʻqimoqda.
«Bunday oʻsish koʻrsatkichlari yotoqxonaga boʻlgan talabni ham bir necha barobarga oshirib yubordi. Ayni paytda oliy oʻquv yurtlarining 92 tasida yotoqxonasining quvvati 91 451 oʻrinni tashkil etadi.
Lekin, yangi oʻquv yilida 211,1 ming nafar talaba turar joyga ehtiyoji borligini maʼlum qildi. Bu degani bugungi kunda mavjud yotoq oʻrinlari 120 ming talabaga yetmaydi.
Yotoqxonaga joylashishni kutishdan tashqari, toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinganlarning oliygoh bilan shartnoma tuzish jarayonlari va talabalarning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini aniqlash ishlariga qoʻshimcha vaqt talab etilgani ham aynan shu hududda koʻpchilikning yigʻilishiga sabab boʻldi.
Albatta, bir-ikki kunlik bu tirbandlik bugungi kunda deyarli hal etildi. Bugungi kunda 91 451 oʻrinning 54 552 tasiga (59,6 foizi) talabalar joylashtirildi. 88 137 nafar talabani (shundan, 36 899 nafari yotoqxonalarga 39 238 nafari esa xonadonlarga) joylashtirildi va bu ishlar davom etmoqda», — deydi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov.
Vazirlik tomonidan “ijara.edu.uz” elektron platformasi yaratilib, unga har bir hudud boʻyicha ijara uylarining maʼlumotlar bazasi shakllantirilganligi, ijara uylarining manzili, narxi, uy egasining telefon raqami kabilar ushbu platformaga joylashtirilgani, tyutorlar zimmasiga talaba uchun ijara uyini topib berish majburiyati yuklangani ham talabalarni oʻylab qilingan choralardir.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q