Jamiyat
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov AOKAda oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilishicha, Oʻzbekistondagi OTMlarda oʻquvchi 211 ming nafar talabaning turar-joyga ehtiyoji bor.
Vazirning taʼkidlashicha, 1991-2010-yillarda yotoqxona oʻrinlari soni kamaysa kamayganki, koʻpaymagan.
“1991-2010-yillarda yotoqxona oʻrinlari soni kamaysa kamayganki, koʻpaymagan. 2010-2016-yillarda 2000 oʻrinli talabalar turar-joyi barpo etilgan. Hozirgi kunda bitta talaba uchun turar-joy qiymati 40-50 million soʻm atrofida, yaʼni, masalan, 400 oʻrinli talabalar turar-joyi taxminan 20 milliard soʻm atrofida boʻladi”, – deydi Toshqulov.
Uning soʻzlariga koʻra, 2017-2022-yil yakuni bilan 56 ming oʻrinli talabalar turar-joyi mavjud. Bu 2010-2016-yilga nisbatan 28 barobar koʻp. Oʻzbekistonda 2016-yilda 77 ta OTM boʻlgan boʻlsa, ayni kunda ularning soni 172 taga yetgan. Unda tahsil oluvchi talabalar esa 200 ming nafardan 800 ming nafarga chiqqan.
“Talabalar turar-joyining yetishmaslik muammosi oliy taʼlim muassasalari, talabalar sonini koʻpaytirgunga qadar ham koʻp edi. Dunyo oliy taʼlim tizimini oʻrganganimda bir narsaga guvoh boʻldim — talabalarni yotoqxona bilan 100 foiz taʼminlagan birorta davlat yoʻq. Ayni paytda Oʻzbekistondagi OTMlar yotoqxonasida 91 ming talabaga joy bor. OTMlarda oʻquvchi 211 ming nafar talabaning esa turar-joyga ehtiyoji bor”, – deya taʼkidlaydi vazir.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q