Tungi klubda sodir boʻlgan janjalda bir kishi vafot etgani rad etildi

Saqlash
17:02 / 09.09.2022 660 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi Bassiane tungi klubi oldida bir guruh fuqarolar oʻzaro janjallashgani aks etgan video tarqaldi. Viloyat IIB axborot xizmatining maʼlum qilishicha, tungi klub oldida janjal qilgan barcha shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

 

Maʼlum boʻlishicha, 2022-yilning 7-avgust kuni fuqaro E.B. tanishi bilan Samarqand shahrida joylashgan Bassiane nomli tungi klubga dam olish maqsadida kirmoqchi boʻlganda, klub qoʻriqchisi R.M. ularni klubga kiritmasligini aytib, nojoʻya soʻzlar bilan haqorat qilgan. Shuningdek, bir guruh sheriklari bilan ularni urib, tan jarohati yetkazgan.

 

“Janjalda bir kishi vafot etganligi toʻgʻrisidagi xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi”, – deyiladi viloyat IIB axborotida.

 

Mazkur holat yuzasidan fuqaro R.M. va boshqa shaxslarga nisbatan Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi (bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//